Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-0 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Luisma Ernandes: "Uslub har bir uchrashuvda har-xil bo‘lishi mumkin"

Luisma Ernandes: "Uslub har bir uchrashuvda har-xil bo‘lishi mumkin"

Baho:
+ | -

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Metallurg" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Qattiq mehnat qilishda, ishlashda davom etayapmiz. O‘tgan haftada o‘tkazilgan mashg‘ulotlarimizdan ko‘nglim to‘ldi. Biz har qanday jamoa bilan o‘ynashga tayyormiz, bunga mana asta-sekinlik bilan erishayapmiz. Shu bilan bir navbatda, e’tirof etish joiz, "Qizilqum" bugungi o‘yinda juda shijoat bilan harakat qildi. Bu maydonda avval ham g‘alaba qozongandik. Yana bir gapni aytish joiz, "Metallurg" klubi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga birma-bir erishib bormoqda.

- Jamoa ketma-ket kuchli raqiblarni mag‘lub etdi. Bu g‘alabalar nimaning evaziga qo‘lga kiritildi deb o‘ylaysiz?

- Yozgi tanaffusdan so‘ng klubda katta va ijobiy o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Tarkibga yangi futbolchilar jalb etildi. Hozirgi kunda jamoamizda o‘yin davomida g‘alabaga bo‘lgan intilish juda yuqori. Bundan tashqari murabbiylar shtabi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham meni har tomonlama qoniqtirmoqda.

- Jamoa Superligadagi o‘rnini saqlab qoldi. Oldindagi o‘yinlarda ham hujumkor uslubni saqlab qolasizmi?

- Biz har bir o‘yinga g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Uslub har bir uchrashuvda har-xil bo‘lishi mumkin. Balki hujumkor, balki himoyaviy, lekin bizning rejalar hammasi g‘alabaga qaratiladi.

- Muhammadali Aliqulovning birinchi bo‘limdayoq almashtirilishi nima bilan bog‘liq? Futbolchi jarohat oldimi?

- Ha, jarohat sababli almashtirdik. Unda ozgina bezovtalik bor edi. Shu sabab tavakkal qilishni istamadik. Bugungi o‘yinda zaxira futbolchilarimizdan ham mamnun bo‘ldim.

- Zabihullo O‘rinboyevning o‘yinlari haqida fikringiz qanday?

- Zabihulloning bugungi o‘yinidan mamnunman. U mashg‘ulotlarda ham astoydil ishlayapti. U "Paxtakor"ga ham, bugun "Qizilqum"ga ham juda chiroyli gol urdi" - dedi Luisma Ernandes.

Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:30, 29.09.2022.
O'qildi: 1001 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик