Krishtianu Ronaldu "Manchester derbisi" doirasida "Manchester Siti" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda zaxirada qoldirildi.
37 yoshli hujumchi ketma-ket beshinchi marta Erik ten Xag jamoasida Premyer-liga uchrashuvi uchun zaxirada qoldirildi. U "Manchester Yunayted"da Yevropa Ligasi doirasida "Real Sosyedad" (0:1) va "Sherif" (2:0) jamoalariga qarshi o‘yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushgan.