Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Ro‘ziqul Berdiyev: «Paxtakor»ning 4 futbolchisiga qarshi personal o‘ynadik, raqibga vaziyat yaratish imkonini bermadik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Paxtakor»ning 4 futbolchisiga qarshi personal o‘ynadik, raqibga vaziyat yaratish imkonini bermadik»

Baho:
+ | -1

«Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Superliga 20-turi doirasida «Paxtakor»ga qarshi kechgan bahsdagi g‘alabadan (1:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— 90 daqiqa, balki undan ham ko‘proqdir, e’tiborni yo‘qotmasdan o‘ynadik. Himoyada tartibli o‘ynab «Paxtakor»ga vaziyat yaratishga imkon bermadik va qarshi hujumda judayam yaxshi harakat qildik. Ishtiyoq, taktik va jismoniy tomonlama raqibdan ustun keldik, shu sababli g‘alaba qozondik.

Aliqulov va Mozgovoyning to‘qnashib ketgani borasida
— Ular havodagi kurashlarda yaxshi o‘ynaydi. Birinchi navbatda ikkalasi maydonni tark etishidan qo‘rqdim. Sababi «Paxtakor» ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynaydi va Aliqulov bu bahsda juda zarur edi. Shukrki, o‘sha vaziyat biz uchun yaxshi tugadi va har ikkala futbolchi to‘liq o‘ynadi.

Mateus Lima Kruzning o‘yini haqida
— Albatta, jamoaga yordam berdi, ko‘p mehnat qildi. To‘g‘ri, Lima Kruz boshida kelganida jamoa o‘yiniga kirishib ketishiga vaqt kerak edi. Jismoniy holatini ham yaxshilab olishimiz kerak edi. Uning va barcha futbolchilarning o‘yinidan qoniqdim. Ular maydonda katta ko‘lamdagi ishni bajardi. Himoyada hech qanday xatosiz o‘ynadik.

«Paxtakor» yetakchilariga qarshi personal o‘yin haqida
— Cheran, Banashak, Hamrobekov va Alijonovga personal o‘ynadik. Hamrobekovga qarshi Bozorovni qo‘ydik, bu o‘zini oqladi. Hamrobekov birorta hujum boshlab bermadi. Ikkita markaziy yarim himoyachi esa Cheranni to‘xtatib qoldi. Himoyachilarimiz Banashakni yaxshi yopishdi.

«Nasaf»ning bosimga qay darajada tayyor ekani borasida
— Bosimga yigitlar ko‘nikib bormoqda. Ruhan ham o‘sib boryapti. Bosim katta bo‘lgan o‘yinlarda harakat qildik: bu o‘yinda, OCHL pley-off, OCHL guruh bosqichi o‘yinlari. Yigitlar bu o‘yinlarda bosimga bardosh berdi.

Kubok yoki chempionatdan birini tanlashga to‘g‘ri kelib qolish ehtimoli haqida
— Oldimizda chempionat o‘yinlari va kubok o‘yinlari ham bor. Zaxira imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalanib har ikkala frontda oxirigacha kurashamiz.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:46, 02.10.2022.
O'qildi: 3362 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.