Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Pichichi" sovriniga kim ko‘proq loyiqroq?

"Pichichi" sovriniga kim ko‘proq loyiqroq?

Baho:
+ | -

La Ligadagi asosiy hujumchilarining fenomenal statistikasi. Mavsumni kim yaxshiroq boshladi?

Bu mavsum Ispaniyada chempionlik poygasi ajoyib bo‘ladi, "Real Madrid" va "Barselona" mavsum uchun ideal kayfiyatda tayyor ekanliklarini ko‘rsatishdi, tarkibdagi kerakli pozisiyalarni mustahkamlashdi. Ikkala jamoa ham jarohatlardan biroz aziyat chekmoqda, ammo o‘rinbosarlarning ko‘pligi buni e’tiborsiz qoldirishga imkon beradi.

Har ikki jamoada ham asosiy o‘yinchilar, albatta, hujumchilardir – ular katta o‘zgarishlarni amalga oshiradilar. To‘purar sovrini uchun faqat Karim Benzema va Robert Levandovski kurash olib borishiga hech kim shubha qilmaydi, Yago Aspas va Borxa Iglesias kabi futbolchilar esa bu raqobatga doch berishga hali beri qiynalishsa kerak.

Quyida "Real Madrid" va "Barca"ning to‘qqizlik hujumchilari haqida qisqacha so‘z yuritamiz. Eng qiziqarlisidan boshlaylik: urilgan gollar. Har ikki hujumchida ham har o‘yinda 1 tadan ko‘proq kutilgan gol bor (bu juda ko‘p), bu ularni o‘rtacha hujumchilardan ajratib turuvchi muhim jihatdir.

Robertning XG ko‘rsatkichi biroz balandroq (7,34), Karimniki 7,04, lekin haqiqiy gollar farqi juda katta - Levandovski 9 ta, Benzema esa atigi 3 ta gol urgan!

Ha, Robert sherigidan 93 daqiqa ko‘proq o‘ynadi, ammo baribir bu farq juda katta. Buni Karimning jamoada ko‘proq o‘ynashi bilan izohlash mumkin, ammo kutilayotgan gollarning o‘xshash bahosi buning aksini ko‘rsatadi - fransiyalik futbolchi zarba berish uchun imkoniyatlar izlashni yaxshi biladi, ammo hozircha u yaxshi harakat qilmayapti, vaziyatlarni golga aylantira olmayapti.

Bundan tashqari, u jarima maydonchasida ko‘proq teginishlarga ega (50 ga qarshi 48, Leva kamroq daqiqalarda o‘ynagan). Ammo Benzema hali ham jamoaga ko‘proq foyda keltirishi bilan mashhur: u ikki baravar ko‘proq uzatma beradi va to‘pni ko‘proq qabul qilib oladi.

Fransiyalik futbolchining to‘p uzatish aniqligi ancha yuqori ekanligini ta’kidlash kerak: 86% ga nisbatan 79%, shuningdek u golli hujum oldidan ko‘proq uzatmalarni amalga oshiradi (12 ga 11).

Benzema to‘p bilan nisbatan kamroq ishlaydi va shunga yarasha kamroq dribling qiladi - Levandovski Karimning 5 ta chiroyli harakatiga qarshi 14 ta dribling bilan ajoyib ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi. Shunga nisbatan ularga ishlatilayotgan qo‘polliklarda ham katta farqlar kelib chiqdi: Robertda 17 ta, Karimda esa 3 ta.

Levandovski ko‘proq pressing bilan shug‘ullanadi, shuning uchun tabiiy ravishda ko‘proq qoida buzadi - u allaqachon yetti marta raqiblariga nisbatan qoida buzgan. Buning uchun Benzemani maqtash mumkin - u hozirgacha bir dona qo‘pollik va kartochkaga ham ega emas.

Kiritildi: 16:36, 04.10.2022.
O'qildi: 2180 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.