Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Karvaxal Benzemani tanqidlardan himoya qildi

Karvaxal Benzemani tanqidlardan himoya qildi

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal “Osasuna” bilan Ispaniya chempionatining so‘nggi tur uchrashuvida penaltidan foydalana olmagan Karim Benzemani muxlislarning tanqididan himoya qildi.

"Benzemani tanqid qilyapsizmi? Jahon futboli qanday ekanligini hammamiz bilamiz. Bir nechta yomon o‘yindan keyin siz tanqidga duch kelyapsiz. Karim ertaga vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. "Osasuna" darvozasiga urilmagan penalti? Menimcha, Benzema hali ham juda xafa. Gap almashtirib bo‘lmas futbolchi haqida ketyapti", - dedi Karvaxal matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Benzema avvalroq jarohat tufayli bir necha haftani o‘tkazib yuborgan edi. "Osasuna" bilan uchrashuv fransiyalik futbolchining so‘nggi oydagi birinchi o‘yini bo‘ldi.

Kiritildi: 17:22, 04.10.2022.
O'qildi: 1375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик