Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Eron jahon chempionatiga bormaydimi? — jamoa futbolchilari mamlakat siyosatidan norozi

Eron jahon chempionatiga bormaydimi? — jamoa futbolchilari mamlakat siyosatidan norozi

Baho:
+ | -

Eron terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etmaydimi? Hatto Azmun ham mamlakatdagi keng ko‘lamli namoyishlarga qo‘shildi. Butun mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda.

Sentyabr oyi o‘rtalaridan boshlab Eronda 22 yoshli Maxsa Aminiyning o‘limi munosabati bilan boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Qiz Tehronda “noto‘g‘ri hijob o‘ragani” uchun polisiya tomonidan hibsga olingan, polisiya bo‘limida komaga tushib qolgan va uch kundan keyin shifoxonada vafot etgan. Namoyishlarda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi.

Eron inson huquqlari tashkiloti Eron milliy terma jamoasini mamlakatda ayollarga nisbatan munosabatlarga aralashgani sababli JCH-2022dan chetlashtirishga chaqirmoqda. Norozilik to‘lqini keng ko‘lamli bo‘lib chiqdi - hatto Eron terma jamoasi futbolchilari ham o‘z munosabatini ko‘rsatishdi. Senegal bilan o‘rtoqlik o‘yini oldidan madhiya yangrayotganda futbolchilar qora kurtkalarda turib, mamlakat gerbi va milliy futbol federasiyasi logotipini yashirishgan.

Serdar Azmun Senegal bilan o‘yin oldidan norozilik namoyishida ishtirok etdi. “Zenit”ning sobiq hujumchisi, Eron terma jamoasining yulduz futbolchisi, hozir “Bayer”da o‘ynayotgan Serdar Azmun ham bu ishlardan chetda turmadi.

“Terma jamoa reglamentiga ko‘ra, yig‘in tugaguniga qadar bu haqida gapirishimiz taqiqlangan edi, ammo men endi jim tura olmayman. Buning uchun terma jamoadan chetlatishsa ham mayli, eronlik ayolning boshidan bir tola to‘kilishiga arzimaydi. Va bu post hech qachon o‘chirilmaydi. Odamlarni osonlik bilan o‘ldirganingiz uchun pushaymon bo‘lasiz”, — deb yozdi Azmun ijtimoiy tarmoqda. Biroq, keyinchalik post o‘chirildi va boshqa xabar e’lon qilindi:

“Maxsa va boshqa begunohlar uchun yuragim eziladi. Ular bu dunyoni tark etishdi, lekin qalbimizda biz unutmaydigan dard qoldirdi. Bilingki, men sizga har qanday yo‘l bilan yordam beraman. Ishonamanki, kelajakda ayollarimiz ranjimaydi”.

Azmun bilan birga Eron terma jamoasining boshqa yetakchilari ham ijtimoiy tarmoqlarda xuddi shunday fikrda post qoldirishgan - Said Ezzatolaxi, Mexdi Taremi va Alireza Jaxonbaxsh.

Ayni paytda bu voqea tobora kuchayib bormoqda. Yaqinda Eron ayollar huquqlarini himoya qiluvchi Open Stadiums tashkiloti FIFAni mamlakat terma jamoasini 2022 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishga chaqirdi.

“Eron futbol assosiasiyasi jinoyatlarga sherik bo‘lmasligi kerak. Bu Eronda va terma jamoamiz o‘ynaydigan dunyoning istalgan nuqtasida ayol muxlislar xavfsizligiga bevosita tahdiddir. Futbol barchamiz uchun xavfsiz bo‘lishi kerak. Shu boisdan biz, Eron futbol ishqibozlari sifatida, jamoaning navbatdagi jahon chempionatidagi o‘yini haqida qayg‘urayotganimizni yurakdan izhor qilishimiz kerak.

Xalqaro turnirlardan chetlashtirilgan Rossiya, Yugoslaviya va yana uch jamoa vakillari Eronni musobaqalardan chetlatishni talab qilib murojaat yo‘llashmoqda. Nega FIFA Eron davlatiga dunyo sahnasini berib turibdi, bu davlat nafaqat asosiy inson huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilishdan bosh tortadi, balki o‘z xalqini qiynab, o‘ldiradi? Shuning uchun biz FIFAdan tashkilot nizomining 3 va 4-moddalari asosida Eron terma jamoasini safdan chiqarishni so‘raymiz”, — deyiladi bayonotlardan birida. 

Eron terma jamoasini 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati o‘yinlaridan haqiqiy chetlatish mumkinmi yoki yo‘qligi hozircha aniq emas. Yaqin tarixda hech qachon bunday voqealar bo‘lmagan.

Kiritildi: 22:42, 04.10.2022.
O'qildi: 5484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.