Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Krishtianu Ronaldu – ular uchun quvonch manbai

Krishtianu Ronaldu – ular uchun quvonch manbai

Baho:
+1 | -

"Manchester Yunayted" futbolchilari so‘nggi uch yilda ilk bor muxlislar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Klub futbolchilari mashg‘ulotlar maydoniga tashrif buyurgan muxlislarni xursand bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. O‘yinchilar ichida 37 yoshli Ronaldu ham bor edi. Portugaliyalik boshqa jamoadoshlari bilan asosini imkoniyati cheklangan bolalar (shuningdek, aqliy zaiflar ham) tashkil etgan muxlislar bilan ko‘rishdi.
Ta’kidlash joizki, ushbu uchrashuv 2019 yildan beri jonli tarzda o‘tgan mitinglarning dastlabkisi edi. Pandemiya sababli "MYU" futbolchilari bunday yig‘inlarga qatnashish borasida nofaol bo‘lib kelgan.

Jamoa sardori Xarri Maguayr ham tadbir ishtirokchisi bo‘ldi. Bu haqida markaziy himoyachi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, jumladan shunday deydi: "Biz bunday voqealar klub uchun nimani anglatishini juda yaxshi bilamiz. Men bu jamoaga kelganim zahotiyoq ijtimoiy muhit, muxlislar qo‘llovi va ularning hislari qanchalik biz uchun muhimligini yaxshi anglaganman. Menimcha, bir inson o‘laroq, biror kishining yuziga tabassum yugurtirib, uni baxtli qilishdan kuchliroq quvoch bo‘lmasa kerak. Bizlar mana shunday kunlarni juda ham sog‘ingandik. Muxlislar qaytganini ko‘rish esa haqiqiy rohat".

Ushbu uchrashuvda, shuningdek, Markus Reshford, Kristian Eriksen, Kazemiro, De Xea va Lisandro Martineslar ham ishtirok etishgan. Muxlislar futbolchilar bilan ko‘rishib qolmasdan, stadion, baza hamda Karrington bo‘ylab sayr ham qilishdi. Bu narsa muxlislar, xususan, bolajonlarga o‘z qahramonlarini ko‘rish va ular bilan suratga tushish imkonini ham taqdim etdi. Boz, ustiga "Everton"ga qarshi g‘alabadan keyin "MYU" futbolchilari a’lo kayfiyat bilan ushbu tadbirda ishtirok etgan. Ronaldu esa so‘nggi bahsda zaxiradan maydonga tushib, o‘zining faoliyatidagi 700-golini urishga erishgan edi. Ushbu gol g‘alabaga sababchi bo‘ldi.

 

Erik ten Xag esa bu orqali "Everton"ning 6 ta o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi. Oldinroq "MYU" "Arsenal"ni mag‘lub etib, londonliklarning g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ygan edi. Kelayotgan tur "MYU" uchun APLda "Nyukasl"ga qarshi kechadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:02, 12.10.2022.
O'qildi: 5422 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.