Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

APL. «Liverpul» Salohning goli evaziga «Manchester Siti»ni mag‘lub etdi

APL. «Liverpul» Salohning goli evaziga «Manchester Siti»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Angliya premyer-ligasining 11-turida «Liverpul» 16 oktyabr, yakshanba kuni «Manchester Siti»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Bahsning 54-daqiqasida "shaharliklar" Fil Fodenning goli evaziga hisobni ochishgandi. Ammo hujumning boshlanish pallasida Xoland Fabinyoga nisbatan qoida buzgani uchun gol bekor qilindi.

76-daqiqada Muhammad Saloh jamoaning qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunlab, mersisaydlarni oldinga olib chiqdi. Ushbu gol amalda o‘yin taqdirini hal qilib berdi.

Ushbu g‘alaba evaziga «qizillar» ochkolarini 13 taga yetkazib olgan holda 8-o‘ringa ko‘tarildi. «Shaharliklar» 23 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Arsenal»dan 4 ochkoga qolib ketdi.

APL, 11-tur bahsi
16 oktyabr, yakshanba
«Liverpul» — «Manchester Siti» 1:0
Gol: 1:0 – 76 Saloh.
«Liverpul»: Alisson, van Deyk, Gomes, Robertson, Tiago Alkantara, Fabinyo (Henderson, 73), Elliott (Karvalyu, 73), Milner, Firmino (Nunyes, 72), Saloh (Aleksander-Arnold, 90), Diogu Jota (Simikas, 90+9).
«Manchester Siti»: Ederson, Joau Kanselu, Ruben Diash, Akanji, Ake, Gundo‘g‘an (Alvares, 89), de Bryuyne, Rodri, Bernardu Silva, Foden, Holand.
Ogohlantirishlar: Fabinyo (63), Akanji (78), Tiago Alkantara (84), Diogu Jota (90).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:36, 16.10.2022.
O'qildi: 2314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик