Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Ronalduning ketishi motivasiya bergani, futboldagi kumiri va navbatdagi maqsadi haqida — «Oltin to‘p» sohibi Karim Benzema intervyusi

Ronalduning ketishi motivasiya bergani, futboldagi kumiri va navbatdagi maqsadi haqida — «Oltin to‘p» sohibi Karim Benzema intervyusi

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Karim Benzema «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Taassurotlari haqida

Kichkina bo‘lgan paytlarimni eslayman. Hech narsani ko‘zdan qochirmasdim. Hayotimda ikkita namuna bo‘lgan: Zinedin Zidan va Ronaldo.

Bu qattiq mehnat — yana va yana mashg‘ulotlar. Og‘ir damlar ham bo‘lgan. Terma jamoaga chaqirilmagan, biroq ko‘pchilik bilan muloqot qilgan paytlarim og‘ir kechdi. U meni ruhiy jihatdan mustahkamladi.

Xuddi shu ruhda davom etaman, jamoadoshlarim, prezident Florentino Peresga rahmat aytaman. U har doim men bilan ochiq munosabatda bo‘lgan. Jan Mishel va «Lion»ni ham unutmayman, ularsiz orzumni amalga oshira olmasdim.

Yosh ahamiyatsiz deb o‘ylayman. O‘ttiz yoshdan keyin ko‘pchilik o‘z darajasini oshirganini ko‘rganman. Bu maqsadga intilish, qattiq mehnat natijasi. Juda ko‘p mashq qilaman va taslim bo‘lmaslik kerakligini o‘zimga uqtiraman.

Ronaldo kumiri ekanligi borasida

Ronaldo — mening kumirim. Unga o‘xshagan boshqa hujumchi yo‘qligiga ishonaman. Uning maydonda qilgan ishlarini takrorlashni iloji yo‘q, u tarixga kirgan.

Men u tufayli indamasdan zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishim mumkin bo‘lgan yagona hujumchi. U yetib bo‘lmas darajada. Xuddi Zidan kabi.

Ronaldo nafaqat men uchun, balki barcha hujumchilar uchun fenomen.

«Oltin to‘p»dan so‘ng faoliyatidagi maqsadlari haqida

Doim «Oltin to‘p» haqida o‘ylardim. 30 yoshdan keyin uni asosiy maqsad qilib olgandim. Dunyoning eng yaxshi jamoasi bo‘lgan «Real»da o‘ynab, yetakchi bo‘la olishimni o‘zimga ko‘p aytardim.

21 yoshimda bunday ambisiyalarim yo‘q edi. Qiyin davrlarni boshdan kechirdim. Ayniqsa, jamoadoshlarim terma jamoalariga ketganida, men «Real» bazasida mashg‘ulotlar o‘tardim.

Har doim ko‘p ambisiyalarga ega ekanligimni aytardim. Fransiya terma jamoasi bilan Jahon Chempionatida g‘alaba qozonmaganman. Bu orzum hali amalga oshmagan. Mana shu mening asosiy maqsadim.

Ayni damda mundialga borib, unda g‘alaba qozonish uchun bor kuchimga ishga solmoqchiman.

Ronalduning ketishi unga motivasiya bo‘lgani haqida

U «yirtqich» edi, Ronaldu bilan birga o‘ynash men uchun faxr edi. U jamoadan ketgach, yanada ko‘proq ishlash istagi paydo bo‘ldi. Krishtianuning ketishi maydonda ko‘proq narsalar qilishim uchun motivasiya berdi.

Karim Benzema o‘z faoliyati davomida ilk bor «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritdi. Benzema 34 yosh-u 290 kunligida ushbu sovringa ega chiqdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:35, 18.10.2022.
O'qildi: 5028 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик