Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Qatar-2022. Dunyo muxlislarining katta qismi qayerda tunaydi?

Qatar-2022. Dunyo muxlislarining katta qismi qayerda tunaydi?

Baho:
+ | -

Dunyoning eng katta voqeligi bir oy ichida start oladi. O‘z mamlakatlari sharafini himoya qilish uchun boradigan muxlislar uchun joylar yetarli emas. Ammo Qatar hukumati bu muammoning bir qismini yechishga muvaffaq bo‘ldi. Endilikda, O‘rta Sharqqa boruvchi turistlar uchun yana qo‘shimcha 30 ming turar joy yaratildi. Ammo masalaning boshqa tomoni ham bor. U joylar na uy va na mehmonxona.

Hukumat ehtiyojni maksimum qondirish maqsadida kema konteynerlaridan boshpanalar mavzesini barpo etdi. Ammo ushbu konteynerlar shunday jihozlanganki, unda odamlar o‘zlarini uydagidek his qilishadi. Eng asosiysi esa ushbu massivlarning narxi ancha arzon – tuniga 200 funt-sterlingni tashkil etadi.
Bu haqida Qatar-2022'ning rasmiy saytida shunday deyiladi: "Hozirda "Zafaron" deb nomlangan muxlislar turar joyi yaratildi. U mehmonlarga bir yoki ikki kishi, yoki bo‘lmasa, ikki kishi, ammo alohida-alohida yashashga imkon beradi. Har bir xonada choy, qahva tayyorlash imkoni mavjud. Har kuni 2 idishda suv taqdim etiladi. Muzlatkich, yotoqxona va dush tizimi bilan jihozlangan. Ovqatlanish shahobchalari juda ham yaqin. Metroga tushish uchun juda qulay. Bu esa muxlislarga Dohaning istalgan joyiga qiynalmasdan yetib olish imkonini beradi. Jahonning istalgan fuqarosi bu yerda bir tun uchun 183 funt to‘lab, yashashi mumkin".

Qatar noyabrdan boshlab 1 million 200 ming turistni qabul qiladi. Ammo hali ham mamlakatda ularni sig‘dirish imkoni mavjud emas. Mehmonxonalarning o‘zi futbolchilar va turnirga aloqador insonlar bilan to‘lib qoladi. Shu sabab, ko‘pchilik mehmonlar qo‘shni davlatlardan joy olishi kutilmoqda.
Qatar hukumati vakili Yosir Al-Jamol yuqoridagi turar joy majmuasi haqida fikr bildirar ekan, jumladan, shunday deydi: "Muxlislar uchun turar joy masalasi o‘ta katta muammo. Hademay bunga bo‘lgan talab oshib ketadi. Shu munosabat bilan biz qo‘shimcha 30 ming o‘ringa mo‘ljallangan turar-joy hududlarini barpo etdik. Bu orqali esa Qatar 1 milliongacha mehmonni qabul qila olishi mumkin bo‘ldi. Bundan juda mamnunmiz".

Qatardagi mundialda muxlislar kuniga 19 soat davomida spirtli ichimliklar iste’mol qila oladi. Xususan, pivoning narxi 8 funt-sterlingga teng bo‘ladi. Ammo qoidaga amal qilmagan muxlislar jarimaga tortilishi ham mumkin. Eslatib o‘tamiz, navbatdagi mundial 2022 yilning 20 noyabrida, Qatar hamda Ekvador o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:11, 19.10.2022.
O'qildi: 2776 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.