Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Ular Yevropa ligasida ishtirok etadi. YECHLda o‘z guruhining 3-o‘rinini qo‘lga kiritishi oydinlashib qolayotgan klublar

Ular Yevropa ligasida ishtirok etadi. YECHLda o‘z guruhining 3-o‘rinini qo‘lga kiritishi oydinlashib qolayotgan klublar

Baho:
+ | -

 Evrokuboklarning guruh bosqichining yarmidan ko‘pi ortda qoldi, qiziqarli syujetlar bizni kutmoqda – «PSJ» va «Benfika» o‘rtasidagi o‘jar kurash, «Shaxtyor» qahramonligi, yana alanga olayotgan «Chelsi»ning umidlari. Ammo Yevropa Ligasiga yo‘llanma beruvchi uchinchi o‘rin uchun kurashni Chempionlar ligasida kuzatish qiziq emas. Ba’zilar uchun bu muvaffaqiyat, boshqalar uchun esa muvaffaqiyatsizlik deb hisoblanadi. Biz har bir guruhdan bittadan jamoani tanlaymiz, ular yevrokuboklar mavsumini boshqa turnirda davom ettirish ehtimoli juda yuqori. 

A guruhi - «Ayaks»

«Napoli» va «Liverpul» bilan to‘rtlik ichida Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqish uchun Amsterdam jamoasida kuch va mahorat yetarli bo‘lmadi. Italiyaliklar ular bilan allaqachon ikki marta to‘qnash kelishgan va Yurgen Klopp shogirdlari hatto inqiroz holatida ham raqibidan ustun keldi.

«Reynjers» bilan Yevropa ligasi uchun kurash qolmoqda. «Ayaks»ning ushbu guruhdagi holatini bir jumla bilan aytish mumkin: ular autsayder emas, ammo kuchlilarga ham saviyasi yetmadi.

B guruhi – «Portu»

Bu guruhda juda chalkashlik bor! Bryugge - 100% sensasiya ko‘rsatdi. «Atletiko»ga qarshi o‘yindagi g‘alaba va durang belgiyaliklarga pley-off yo‘llanmasini kafolatladi. Matraschilar, «Portu» va «Bayer» ikkinchi yoki uchinchi o‘rinlarga kurashishadi va ispanlar pley-offga chiqish uchun hammasini o‘zlari hal qila oladi.

Germaniya klubi bu kurashda autsayderga o‘xshaydi - yangi murabbiy keldi, ammo jamoaviy munosabatlarni yaxshilash uchun vaqt kerak. Portugaliyaliklar «Bryugge» bilan uchrashuv o‘tkazadi, unda raqib yana muxlislarni xursand qilishi mumkin. Hammasi so‘nggi turda hal bo‘ladi - «Portu» va «Atletiko» o‘rtasidagi to‘qnashuv. Diyego Simeonening shogirdlari fovorit, degan fikr bor, ammo ular uchun bu oxirgi yillardagi pley-off sari eng qiyin qadam bo‘ladi.

S guruhi - "Barselona"

Kataloniyaliklar pley-offga yo‘l olishi uchun juda ko‘p omillar birlashishi kerak - «Bavariya» va «Viktoriya» ustidan qozonilgan g‘alaba, «Inter»ning o‘sha jamoalarga qarshi mag‘lubiyat/durangi. Garchi milanliklarga qarshi Chexiya klubining muvaffaqiyatiga umid qilish mo‘’jiza kutish bilan barobar.

Xavi «Neradzurri» bilan ikkinchi o‘yinga «blaugranas»ni yaxshi tayyorladi, ammo ispanlarga faqat g‘alaba kerak edi. Ular esa durang bilan kifoyalanishga majbur bo‘lishdi. Katta ehtimol bilan o‘tgan yilgi natija takrorlanadi - «Barsa»ning Yevropa Ligasida ishonchliroq o‘ynashiga umid qilish kerak, Chempionlar Ligasidan tushib ketish esa Xavining klubdagi kelajagiga nuqta qo‘ymaydi.

D guruhi - "Marsel"

Boshida ba’zi mutaxassislar tilga olganidek hammada imkoniyat teng bo‘lgan guruh. 

«Sporting» ham xuddi «Marsel» kabi «Ayntraxt»ni mag‘lub eta oladi, biroq «Tottenxem»ga yutqazsa, ochkolar tengligini saqlab qoladi – bu holatda fransuzlar ikkinchi bo‘lib qoladi, Portugaliya klubi esa Yevropa Ligasida davom etadi. Biz «Sporting» londonliklar bilan duelda durang natija qayd etadi, deb taxmin qilishimiz ham mumkin. U holda "Marsel"ning yevropa ligasiga ravona bo‘lishi oydinlashib qoladi. 

YE guruhi - «Zalsburg»

«Milan» ustidan ikkita g‘alaba - va «Chelsi» allaqachon to‘rtlik peshqadami. «Aristokratlar» so‘nggi o‘yinlarda raqiblariga dars o‘tishmoqda, o‘yinchilarni tanlash Potterga imkon qadar tezroq jamoaga ko‘nikish imkonini beradi – londonliklar ikkinchi davrada o‘z xatolarini takrorlamaydi.

“Red Bull”ga qanchalik ishonishni istamaylik, jamoa «Milan» va «Chelsi» bilan g‘ayritabiiy muvaffaqiyat evaziga kuchli ikkilikka kirishi qiyin. Ammo ular Zagrebning "Dinamo"sidan bir bosh ustun. 

F guruhi - "Leypsig"

Hammasi aniq: «Real» pley-offda, «Seltik» autsayder. Madrid jamoasi «Leypsig»ga jiddiyroq qarshilik ko‘rsata oladi, ayniqsa Tibo Kurtua bu vaqtga kelib maydonga qaytadi. «Pitmenlar» belgiyalik yo‘qligida o‘ynab, «qaymoqranglilar»dan ochko olishni epladi.

«Seltik»ga imkoniyat berilmasligi aniq -  hammasini oxirgi tur hal qiladi. «Shaxtyor»ga hech bo‘lmaganda durang kerak – ular Chempionlar ligasi g‘olibiga qarshi o‘zlarining bosimga chidamliligini ko‘rsatgan bo‘lsalarda, ukrainaliklar «Leypsig» bilan hiylasini takrorlashlari mumkin. Bu, ehtimol, joriy Chempionlar ligasining eng yorqin voqealaridan biri bo‘ladi.

G guruhi – «Sevilya»

Sevilya yoki Kopengagen? Dortmundliklar «Siti»dan sezilarli darajada kuchsizroq bo‘lsa-da, guruhning boshqa vakillari bilan hech qanday muammoga duch kelmadi.

«Qizil-oqlar» murabbiy almashganidan so‘ng o‘z statistikasini to‘g‘irlashdi, to‘rt o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirishdi va «Kopengagen» bilan 3 ochko olish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Daniyaliklar o‘shanda hamon «Borussiya» bilan o‘ynashlari kerak bo‘lsada, o‘z maydonidagi g‘alaba «Sevilya»ga Yevropa bahorini taqdim etadi.

H guruhi – «Yuventus»

Ushbu to‘rtlikdagi uchinchi o‘rin uchun kurash «Yuventus» va «Makkabi» o‘rtasida bo‘ladi. Ular «Benfika» va «PSJ»ga yeta olishmaydi.

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:07, 20.10.2022.
O'qildi: 3610 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.