Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Yevropa Superligasi 2024/25 yilgi mavsumdan start olishi mumkin

Yevropa Superligasi 2024/25 yilgi mavsumdan start olishi mumkin

Baho:
+ | -

Yevropa Superligasi yaqin 2-3 yil ichida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida loyihaning yangi direktori Bernd Rayxart ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, musobaqa 2024/25 yilgi mavsumdan start olishi ehtimoli mavjud. Ayni vaqtda loyiha asoschisi bo‘lgan 12 jamoadan faqat uchtasi «Real», «Barselona» va «Yuventus» hamon Superliganing boshlanishini faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

Oktyabr oyi boshida loyiha asoschilari Yevropa klublari bilan yangi musobaqa formatini muhokama qilishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Avvalroq UEFA prezidenti Aleksander Cheferin ingliz klublari Superligaga qo‘shilmasligi, ularsiz esa jiddiy raqobat bo‘lmasligi haqida gapirgani xabar qilingandi.

2021 yilning 18 aprel kuni 12 klub boshchiligida Yevropa Superligasiga asos solingandi. Oradan ikki kun o‘tib qator klublar birin-ketin loyihani tark eta boshladi va Superliga loyihasi vaqtincha to‘xtatildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:10, 20.10.2022.
O'qildi: 1917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик