Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

Ronaldu «MYU»ning nechta o‘yinga chetlatilgani ma’lum bo‘ldi

Ronaldu «MYU»ning nechta o‘yinga chetlatilgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa mashg‘ulotidan chetlatilgan Krishtianu Ronalduning kelajagi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Ronaldu mavsum oxirigacha jamoada qoladimi? Men buni istaymanmi? Ha, Krishtianu ham, boshqa o‘yinchilar ham jamoada bo‘lishini istayman. Ronaldu faqat «Chelsi»ga qarshi o‘yinga chetlatildi. Shundan so‘ng u safga qaytadi. Bu jazo. Klub tomonidan tarqatilgan bayonotda aytilganidek, futbolchi jamoaning muhim qismi sifatida qoladi va mavsum oxirigacha uning xizmatidan foydalanamiz. O‘z maqsadimizga erishishni istaymiz.

"Chelsi"ga qarshi o‘yinda Krishtianuning o‘rni bilinadi. Ammo, bunday jamoadagi intizom va futbolchilarning mentaliteti uchun foydali. Bu chora Ronaldu uchun ham, boshqa futbolchilar uchun ham saboq bo‘ladi. Men mavsum boshida barchani agar shunday holat takrorlansa, jazoga tortilishi haqida ogohlantirgandim. Siz birga yashaysiz va birga o‘ynaysiz. Futbol — bu jamoaviy sport turi. Biz ma’lum qoidalar asosida faoliyat yuritamiz, meni esa buni nazorat qilishim kerak», — dedi ten Xag.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» - «Manchester Yunayted» o‘yini 22 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:27, 22.10.2022.
O'qildi: 11254 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.