Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Jahon chempionatidagi muxlislar qayerda tunaydi? Qatar mehmonlarga tanlov taqdim etadi

Jahon chempionatidagi muxlislar qayerda tunaydi? Qatar mehmonlarga tanlov taqdim etadi

Baho:
+ | -

Xabarlarga ko‘ra bu yilgi Jahon chempionatida o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun dunyo bo‘ylab 1 million 200 ming muxlis Qatarga tashrif buyuradi. Shu munosabat bilan mahalliy hokimiyat mehmonlarni joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Quyida Qatarda muxlislar qanday joylarda yashashi mumkinligi haqida so‘z boradi.

Lyuks mehmonxonalar

Hammaning xabari borki, Qatar dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri sanaladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakat ichidagi mehmonxonalar narxiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Mundialda mehmon bo‘ladiganlarga mehmonxona xizmatlari hozirlanmoqda. Masalan, Angliya terma jamoasi turnir davomida besh yulduzli «Al-Vakra» mehmonxonasida istiqomat qilishadi. Ushbu koshonada bir kecha tunashning narxi 4000 funtni tashkil etadi. Dohadagi mehmonxonalarda yashashning narxi tuniga 1734 funtdan boshlanadi.

Kvartira va Villalar

Qatarda kvartira va villalarni ham ijaraga olib yashash mumkin bo‘ladi. Jahon chempionatiga bir oy qolganida, mamlakat bo‘ylab, 30 mingga yaqin yangi o‘rinlar yaratilgan. Ular ichida villalarning ham ulushi bor. So‘nggi ma’lumotlarda Qatarda bir kun kvartirada yashash uchun eng kamida 75 funt to‘lash talab etiladi. Shunday kvartiralarda oddiy xona va yotoq joy bo‘ladi xolos. Kvartiralarga muqobil variant sifatida villa xizmatlari ham mavjud. Villada bir tun yashash uchun 858 funt to‘lashingiz kerak. Bu taxminan 1000 dollarga yaqin qiymatdir.

Yirik kemalar

Qatarda ikki yirik layner ijaraga berilishi aytilgan. Ulardan biri «MSC Poesia» deb nomlanadi. Unda bir tun qolish narxi 159 funtga tushadi. Besh yulduzli «World Europa»ning narxi esa tunlik 309 funtdir. Xabarlarga ko‘ra, mundial vaqtida 40 ming muxlis ushbu ikki kemada yashashi rejalashtirilmoqda.

Maxsus muxlislar uyi

Rasmiy muxlislar uyi yaqindagina qurilishi tugallandi. U yerda yashash narxi kunlik 200 funtga teng. Ammo shunga yarasha sharoitlar ham tayyorlanadi. Muxlislar uchun ajratilgan mavzelar kema konteynerlaridan tayyorlangani aytiladi. Xonalar Wi-Fi va TV bilan ta’minlanadi. Stadionlarga yetib olish ham juda qulay, atigi 20 daqiqalik yo‘l yuriladi xolos.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:38, 23.10.2022.
O'qildi: 1952 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик