Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Laporta Kumandan keyin jamoaga Pirloni olib kelishni xohlagani ma’lum bo‘ldi

Laporta Kumandan keyin jamoaga Pirloni olib kelishni xohlagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Yuventus"ning sobiq bosh murabbiyi Andrea Pirloni niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kuman iste’foga chiqargach, bosh murabbiy etib tayinlamoqchi bo‘lgan, deb xabar bermoqda Diario Sport.

Manbaning xabariga ko‘ra, Laporta jamoaning klubda ta’sir o‘tkazayotgan futbolchilari bilan gaplashgach, italiyalik murabbiyni taklif qilish haqidagi fikridan qaytgan. Futbolchilar 43 yoshli Pirloni "Barselona"ning o‘yin uslubini o‘zgartiradigan tajribasiz murabbiy deb hisoblashgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kuman o‘tgan yilning oktyabr oyida ishdan bo‘shatilgan edi. Uning “ko‘k-anorranglilar” ustozi sifatidagi o‘rnini futbolchilar qo‘llab-quvvatlagan Xavi Ernandes egalladi.

Ispaniya chempionatining 11-turidan keyin “Barselona” turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasida joylashgan. Kataloniyaliklar peshqadam “Real”dan 3 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 17:55, 24.10.2022.
O'qildi: 1984 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик