Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Baxtiyor Ashurmatov: "Andijon"ni Superligaga chiqqani bilan tabriklasak bo‘laveradi"

Baxtiyor Ashurmatov: "Andijon"ni Superligaga chiqqani bilan tabriklasak bo‘laveradi"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Turon” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

- “Andijon” jamoasini Superligaga chiqqani bilan tabriklasak ham bo‘ladi. “Andijon” muxlislari klubining Superligada qatnashishiga va Osiyo Chempionlar ligasi uchun kurashadigan jamoaga muxlislik qilishga munosib. Chunki jamoaning ajoyib muxlislari bor. Shu qatorda biz ham oxirigacha kurashamiz. Yomg‘ir bo‘lishiga qaramasdan ishqibozlarimiz kelib oxirigacha qo‘llab-quvvatlab turishdi. Mana shunday ob-havoda stadionga kelib bizni olqishlab turgani uchun futbolchilar va jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. To‘g‘ri, vaziyatimiz oxirgi turlarda ancha og‘irlashib qoldi. Lekin oxirigacha kurashamiz. Ishqibozlarimizning daldasi bilan o‘z oldimizga qo‘yilgan vazifaga erishamiz, deb o‘ylayman. Aytib o‘tganimdek, ikkinchi bosqichda har bir uchrashuv qiyin va murakkab kechyapti. Yigitlarga ham avval aytganman, oldimizdagi 5 ta o‘yinni finalga qiyoslashimiz mumkin. Juda hayajonli, jangovar va murakkab o‘yin bo‘ldi. “Andijon” ham, “Turon” ham oxirigacha kurashdi. “Andijon” gol o‘tkazib yuborganiga qaramasdan, durang qilish uchun o‘zida kuch topa oldi. Biz havodagi kurashlar va standartlardan xavfsiragandik. Shunga qaramasdan, raqib baribir bitta vaziyatdan foydalandi. Ildar Mamatkazinni juda xavfli o‘yinchi ekanini aytib o‘tgandik. Unga futbolchi biriktirgandik. O‘yin davomida o‘ziga bildirilgan vazifani bajarishga harakat qilishdi. Ammo, baribir qandaydir vaziyatlarda o‘ziga biriktirilgan o‘yinchilarni yo‘qotib qo‘yishdi. Shunga qaramay, o‘yinchilarimiz munosib bahoga o‘yin ko‘rsatishdi. Endi O‘zbekiston Kubogi finali bo‘lsa, bizning o‘yinni ham finalga qiyoslash mumkin. Muxlis va mutaxassislar uchun juda qiziqarli uchrashuv bo‘ladi. Shu sababli ishqibozlarimizdan bizni oxirigacha qo‘llab-quvvatlab qolishlarini istagan bo‘lardim.

- O‘yindan oldin durang natijaga rozi bo‘lgan bo‘larmidingiz? Har xolda “Andijon” 1-o‘rinda ishonch bilan ketyapti.

- Gapning ochig‘i, oxirgi o‘yinlarda g‘alaba qozona olmayotganimizni inobatga olsak, har bir durangni mag‘lubiyatga teng deb qiyoslashimiz mumkin. Bizga ham g‘alaba kerak edi. Lekin hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, keyingi uchrashuvimiz Buxoroda ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, durang baribir qo‘shimcha 1 ochko va bo‘lajak uchrashuv oldidan bizga qandaydir ustunlik berishi mumkin. Shu sababli durang o‘yinga mos bo‘ldi. “Andijon” ham mag‘lubiyatga uchrashni xohlamadi. Bizning yigitlar ham g‘alaba uchun oxirigacha kurashishdi. Yana qaytaraman: durang bellashuvga mos bo‘ldi. Yana 4 ta o‘yinimiz bor va to‘rttalasi finalga teng. Yo‘qotilgan ochkolarni shu to‘rtta uchrashuvda to‘ldirishimiz kerak. Chunki “Buxoro” bizga juda yaqin keldi.

- Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni qanchalik kuchaytira olishdi?

- Aziz Ibragimovni 1:0 hisobida g‘alaba qozonib turgan paytimizda maydonga tushirayotgandim. Baribir u tezkorligi bilan ayrim vaziyatlarda ajralib turadi. U orqali qarshi hujumlardan foydalanish imkoniyatidan foydalanmoqchi edik. Afsuski, Ibragimovni zaxiradan maydonga tushirib turgan chog‘imizda darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Aziz Ibragimov baribir zaxiradan yomon tushmadi. Sardor Abdunabiyev ham yomon o‘ynamadi. Ammo murabbiy sifatida har doim futbolchilarimdan ko‘prog‘ini kutaman. Shu bois yigitlarga yarim soatgami yoki oxirgi 4 daqiqaga bo‘ladimi, jamoa g‘alabasi uchun bor kuchini berishi kerak. Aytishim mumkinki, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz bundan ham yaxshiroq harakat qilishlari mumkin edi. Aynan murabbiy sifatida ko‘prog‘ini kutgandim.

- “Turon”da ishga kirishganingizdan keyin ikkita durang bilan boshladingiz. Bu haqida fikringiz qanday?

- Aytib o‘tganimdek, biz ko‘prog‘ini xohlagandik. Lekin bu - futbol. Jamoamiz uchun birorta o‘yin ham oson o‘tgani yo‘q. Raqiblar ham bizga qarshi xuddi oxirgi jangga chiqqandek chiqishyapti. O‘sha ikkita uchrashuvda 4 ochko yig‘ishimiz mumkin. O‘z uyimizda “Mash’al”ni yutishimiz shart edi. Afsuski, uyimizda 2 ochkoni yo‘qotdik. “Andijon” maydonida durang o‘ynash...Bu yilgi mavsumda ularning maydonida ancha-muncha jamoalar bunaqangi natijaga erishishi qiyin. Bugungi durangni ijobiy desak, o‘z uyimizdagi durangni katta yo‘qotish bo‘ldi deb ayta olaman.

- Pro ligani ikki bosqichli qilib ikkiga bo‘linganligi haqida so‘ramoqchi edim. Bu qay darajada o‘zini oqlaydi, deb o‘ylaysiz?

- O‘ylaymanki, bu o‘yinlarda qiziqarli, jangovar o‘tishi tomonidan o‘zini oqlayapti. Kelganimdan so‘ng natijalarga e’tibor qaratsam, “Turon” ko‘proq ochkolarini beshtalikdan pastdagi jamoalar bilan o‘yinlarda qo‘lga kiritgan. Yuqori beshtalikdagi raqiblar bilan uchrashuvlarda ko‘p ochkolarni yo‘qotgan. Bu bizning asosiy muammoimiz edi. O‘ylaymanki, bu to‘g‘ri qaror. Har bir uchrashuv qiziqarli o‘tyapti. Masalan, “Xorazm” – “Turon” bahsida “Xorazm” g‘alaba qozonyapti. Yoki “Buxoro” – “Xorazm” bahsida mezbonlar 1:0 hisobida yutyapti. Har bir uchrashuv jang bo‘lyapti. Shu bois to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 20:54, 24.10.2022.
O'qildi: 2377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.