Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

U-20 Osiyo kubogi tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirish maqsadida yurtimizga OFK vakillari tashrif buyurishdi

U-20 Osiyo kubogi tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirish maqsadida yurtimizga OFK vakillari tashrif buyurishdi

Baho:
+ | -

2023 yilning mart oyida yurtimiz maydonlarida bo‘lib o‘tadigan U-20 Osiyo kubogi o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Xususan, O‘FA ishchi guruhi tomonidan o‘yinlar va mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadigan hududlar hamda u yerdagi mavjud sharoitlar o‘rganilib, OFK standartiga mos kelishini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilyapti.

Chempionat o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan Osiyo futbol konfederasiyasi delegasiyasi mamlakatimizga yetib keldi. Kecha O‘zbekiston futbol assosiasiyasida OFK va O‘FA vakillari ishtirokida U-20 tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab OFK vakillari O‘zbekistonning mazkur yirik turnirga mezbonlik qilayotgani uchun minnatdorchilik bildirdilar.

O‘z o‘rnida, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston so‘nggi yillarda bir qancha qit’a musobaqalarini o‘tkazib, katta tajriba to‘plagani va bu bo‘lg‘usi turnirlar oldidan muhim ekanligini aytib, OFK tomonidan bildirilayotgan ishonchdan mamnun ekanligini bildirdi. Musobaqalar geografoyasi kengayib borayotgani, nafaqat poytaxt, balki bir qancha viloyatlarda ham OFK standarti asosida futbol infratuzilmalari rivojlanayotganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, bo‘lajak yirik turnirni ham muvaffaqiyatli o‘tkazish borasida barcha ishlar tashkil etilishini qo‘shimcha qildi.

Shundan keyin OFK vakillari yaqinda qayta ta’mirdan chiqqan «JAR» stadionini ko‘zdan kechirishdi va maydonining sifatini yuqori baholashdi. Bundan tashqari, kiyim almashtirish va tashkiliy-ma’muriy xonalari ham o‘rganib chiqildi.

Rejaga muvofiq, delegatlar «Lokomotiv», «Bunyodkor» hamda «Istiqlol» stadionida inspeksiya ishlarini amalga oshirishlari kutilmoqda.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:28, 25.10.2022.
O'qildi: 1796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.