Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

“Real Madrid” mavsumdagi eng yomon o‘yinini o‘tkazdi

“Real Madrid” mavsumdagi eng yomon o‘yinini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

“Real” guruh peshqadami maqomida Chempionlar ligasining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Poytaxt jamoasi muddatidan avval Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi, biroq “Leypsig” o‘yin oldidan hech narsani hal qilmagan edi.

Yevropaning eng yaxshi klubi Germaniyada bir nechta top futbolchilarsiz o‘ynadi. "Leypsig" bilan uchrashuvni Modrich, Valverde va Benzema o‘tkazib yubordi. Ammo darvozani jarohati sabab Chempionlar ligasining oldingi ikki uchrashuvini o‘tkazib yuborgan Tibo Kurtua egalladi.

O‘yin boshidagi ustunlik butunlay nemislar tarafida bo‘ldi. Standart vaziyat 12-daqiqada mezbonlarga muvaffaqiyat keltirdi. Kurtua Silvaning burchakdan yetkazib berganto‘pini qiyinchilik bilan qaytardi, biroq qaytgan to‘pni Gvardiol bir necha metr masofadan darvozaga anqi yo‘lladi. "Real Madrid" himoyachilari epizodning so‘nggi bosqichida faqat kuzatuvchi sifatida harakat qilishdi va bu Karlo Anchelottining asabiylashishiga sabab bo‘ldi.

Bir-ikki daqiqadan so‘ng hisob 0:2 ko‘rinishini oldi. Bu safar Nkunku belgiyalik darvozabonni va millionlab “Real” muxlislarini ranjitdi. Bu mavsumda "Real Madrid" hech bir o‘yinda bittadan ko‘p gol o‘tkazib yubormagan edi, “Leypsig” esa bu ishni 18 daqiqada uddaladi.

Bu lahzalarda “Real Madrid” Yevropaning eng zo‘r klubiga umuman o‘xshamadi va raqib uni shunchaki “maydalab” tashladi. Anchelotti darhol Nacho va Ryudiger o‘rtasidagi o‘rinni almashtirdi - ispaniyalik chap qanotga o‘tdi, nemis esa himoya markaziga o‘tdi. "Real Madrid" 35-daqiqada gol urish uchun imkoniyat yaratdi, ammo "Leypsig" darvozaboni Blasvich Rodrigoning yaqin burchakka yo‘llagan zarbasini bartaraf qildi. Biroq birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida darvozabon ojiz qoldi. Mehmonlar chiroyli hujum uyushtirishdi, Asensio Vinisiusga yuqoridan uzatma berdi, braziliyalik esa Blasvich darvozasiga to‘pni aniq yo‘llab hisobni qisqartidi.

Tanaffusdan so‘ng o‘yin biroz tinchlandi. “Leypsig” ustunlikni saqlamoqchi edi va qarshi hujumlar bilan o‘ynadi. Shundan so‘ng esa eski futbol tamoyili ishladi. Tez Nkunku chap qanotdan Vernerga ajoyib uzatma berdi va u bo‘sh darvozaga aniq zarba berishi kerak edi. Ba’zida nemis bunday epizodlarda g‘alati harakat qiladi, lekin bu safar u o‘z vazifasini bajardi.

Qo‘shib berilgan vaqtda Nkunku mezbonlar darvozasiga penalti "olib keldi". U Rodrigoni yiqitdi. Jabrlanuvchining o‘zi to‘pga yaqinlashdi va ishonchli tarzda to‘pni darvozaga yo‘lladi. Ammo "Real Madrid"ga hisobni tenglashtirishga vaqt yetmadi. Madrid klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Darvoqe, ispanlar joriy yilning aprel oyidan buyon ikkitadan ortiq gol o‘tkazib yuborishmadi – o‘shanda “Manchester Siti”dan to‘rtta to‘p qabul qilishgan (3:4).

"Real Madrid" guruhda birinchi pog‘onani saqlab qoldi, "Leypsig" esa 1/8 finalga chiqish imkoniyatini oshirdi. Endi Marko Rouz shogirdlari “Shaxtyor”dan uch ochko oldinda. Oxirgi turda raqiblar neytral maydonda o‘ynashadi, ammo Ukraina klubini faqat g‘alaba qanoatlantiradi, “Leypsig”ga esa mag‘lub bo‘lmaslik kifoya. "Real Madrid" guruhdagi so‘nggi o‘yinni "Seltik" bilan o‘tkazadi va agar g‘alaba qozonsa, guruhda shubhasiz birinchi o‘rinda qoladi.

Kiritildi: 11:15, 26.10.2022.
O'qildi: 3070 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.