Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Karim Benzema «Oltin to‘p» marosimiga taqqan soat haqida

Karim Benzema «Oltin to‘p» marosimiga taqqan soat haqida

Baho:
+1 | -

«Real» hujumchisi Karim Benzema «Oltin to‘p»ni qabul qilib olishga jiddiy hozirlik ko‘rganini qo‘lidagi soati bilan ham bilintirib qo‘ydi.

Fransiyalik yangi laureat Parijdagi marosimda bahosi 435 ming funtga teng Richard Mille qo‘l soatini ko‘z-ko‘z qildi. Taqqoslash uchun aytsak, Benzemaning so‘rovdagi raqiblaridan biri Robert Levandovski marosimga Cacio brendiga mansub oddiy soatni tanladi. Marca ma’lumotiga qaraganda, ushbu qo‘l taqinchog‘ining bahosi juda past - atigi 52 funt.

Umuman, 34 yoshli Karim Benzema taqdirlash marosimida o‘ziga xos kiyinish uslubini ko‘rsatdi. Tanlangan uslub unga sahnada jumladan, deyarli yarim million funt turadigan Richard Mille soatini yaqqol reklama qilish imkonini berdi. Ta’kidlanishicha, Benzemaning qo‘l soati unga eng murakkab davrlarni eslatib turadi. Aniqrog‘i, Matyo Valbuena bilan yuzaga kelgan mashhur mojaro tufayli Fransiya terma jamoasidan haydalgani, «Real»da esa Krishtianu Ronaldu soyasida qolib ketganini. Aytishlaricha, Karimning sevimli matohi maxsus buyurtma asosida tayyorlangan. O‘z o‘rnida aytish kerak, hujumchi «Real»da haftasiga 275 ming funt miqdorida maosh oladi. Yillik ish haqi esa 62,5 million funtga yetadi. Bas shunday ekan, Benzema uchun bunday qimmatbaho soat olish cho‘t emas. Axir atigi 2 haftalik maoshi yetadi.

«Oltin to‘p» uchun yana bir da’vogar Robert Levandovski esa marosimda hammasi oddiyroq bo‘lishini ma’qul ko‘rdi. U marosimga rafiqasi Anna hamrohligida bordi, qo‘lida esa 52 funtlik Cacio soati bor edi. Polshalik goleador «Barselona»da Karimga nisbatan deyarli ikki baravar kam maoshga ega - haftasiga 150 ming funt. Ikkinchi tomondan, Levagolning yillik daromadi 75 million funtni tashkil etadi. Qisqasi, umumiy topishi Benzemanikidan yaxshiroq.

Alohida fakt: Benzema yaqin orada Levandovskidan ikki marta ustun keldi. Birinchisi - Karim «El-klasiko»da gol urdi va «Real» asosiy raqibi «Barselona»ni osongina (3:1) mag‘lub etdi. Ikkinchisi - Benzema «Oltin to‘p» so‘rovida 1-o‘rinni oldi, Levandovski esa 4-pog‘ona bilan cheklandi. Bunga qo‘shimcha tarzda fransiyalik to‘purar dabdabali qo‘l soati masalasida ham polshalikdan yaqqol ustun ko‘rindi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:16, 27.10.2022.
O'qildi: 3633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик