Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Ro‘ziqul Berdiyev final oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Ro‘ziqul Berdiyev final oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

"Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston kubogi finalida "Navbahor"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugun stadionga bordik va maydonning ajoyib holatda ekaniga guvoh bo‘ldik. Ertaga maydonda haqiqiy jang bo‘ladi deb o‘ylayman. Chunki, hozirgi kunda mamlakatning eng kuchli jamolaridan hisoblangan ikki klub finalda to‘qnash keladi. Biz bu o‘yinga ancha yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Bunday muhim o‘yinlarda qatnashish bo‘yicha tajribaga egamiz. Bizning asosiy maqsadimiz ertangi o‘yingi ijobiy natija ko‘rsatib, muxlislarimizni xursand qilish.

Husayn Norchayevning ertangi o‘yinda qatnasha olmasligi – katta yo‘qotish. Bilasiz, Husayn oxirgi o‘yinlarida bizga gollar bilan emas mehnatlari bilan katta yordam berayotgandi. Afsuski, ertaga Norchayev bizga yordam bera olmaydi. Biz yarim finalda ham yo‘qotish bilan (Oybek Bozorov) o‘ynadik. Shuning uchun o‘z zaxira imkoniyatimizdan yaxshiroq foydalanishga harakat qilamiz. Balki taktik chiziqlarni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelar, lekin ertangi uchrashuvga tayyormiz.

- Ruhiy tayyorgarlik har doim muhim hisoblanadi. Biz o‘tgan o‘yinni esdan chiqardik, albatta, ikki ochko muhim edi, lekin boshqa vaziyatlardan ham foydalana olmadik. O‘tgan narsani qaytarib bo‘lmaydi, shuning uchun bor e’tiborimizni ertangi uchrashuvga qaratganmiz. Asosiy maqsadimiz kubokda ham, Superligada ham maksimal natija qayd etish. Chunki har ikki frontda ham maqsadimizga juda yaqin turibmiz.

“Navbahor” haqida ortiqcha gapirish shart emas. Klub bu mavsum har yilgidanda kuchli. Bu jamoaning o‘yinlarida ham, boshqa masalalarda ham ko‘rinib turibdi. Raqibdan kelib chiqib aytganda ertangi o‘yin oson bo‘lmasligi aniq. Chunki “Navbahor” himoyalanishni ham, hujum qilishni ham yaxshi biladi. Xuddi shuningdek biz ham ertaga o‘z o‘yinimiz orqali ijobiy natija qayd etmoqchimiz.

Penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik ko‘rganmiz. Marko Stonoyevich agar o‘ziga ishonsa, unga penalti tepish imkoniyatini beramiz. Agar ertangi uchrashuv penaltilar seriyasigacha boradigan bo‘lsa, bizda bu ishni bajaradigan o‘yinchilar talaygina.

Menimcha ikki jamoa ham ehtiyotkor o‘ynaydi. Chunki bu yerda ikkinchi uchrashuv yo‘q va boshqa imkoniyat bo‘lmaydi. Qancha vaqt o‘ynashimiz haqida hech narsa deya olmayman, lekin ertaga ikki jamoa ham natija uchun harakat qiladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 20:35, 29.10.2022.
O'qildi: 3441 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.