"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh APL 15-turi doirasidagi "Aston Villa"ga qarshi o‘yinni sariq kartochkalar tufayli o‘tkazib yuboradi.
30 oktyabr kuni “Manchester Yunayted”ning “Vest Xem”ga (1:0) qarshi o‘yinining 90-daqiqasida portugaliyalik futbolchi sariq kartochka oldi. Bu uning joriy mavsumdagi hisobidagi beshinchi sariq kartochkasi bo‘lgani uchun 28 yoshli yarim himoyachi bitta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.
6 noyabr kuni manchesterliklar “Aston Villa”ga qarshi maydonga tushadi.