Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya 0-0 Kalyari
03/05 17:00 OKMK 0-0 Neftchi
03/05 17:00 Selta 3-1 Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut 3-0 Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo 2-0 Milan
03/05 19:15 Surxon 1-1 Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe 0-2 Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted 3-2 Liverpul
03/05 21:00 Yuventus 1-1 Verona
03/05 21:30 Betis 3-0 Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa 1-2 Tottenhem
03/05 23:45 Inter 2-0 Parma
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Nodirbek Abdusattorov «Fischer-2022» turnirini 4-o‘rinda yakunladi

Nodirbek Abdusattorov «Fischer-2022» turnirini 4-o‘rinda yakunladi

Baho:
+ | -

Islandiya poytaxti Reykyavik shahrida bo‘lib    o‘tgan «Fischer Random World Chempionship-2022» turnirining asosiy kechasida «aql gimnastikasi» ustalari muxlislarga hayajonli onlar taqdim etishdi.

3-o‘rin uchun hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov klassik shaxmatning amaldagi chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surdi. 1-bahsda vaqt hisobida g‘alabani boy berayotgan Nodirbek, o‘yin tugashiga 5 soniya  qolgan vaziyatda sensasion taktik yurish qilib, Karlsenni shov-shuvli tarzda taslim etdi.

Afsuski, qolgan 3 ta partiyada mag‘lubiyatga uchragan Nodirbek Abdusattorov turnirni 4-o‘rinda yakunladi. Mazkur o‘rin uchun Abdusattorov 40 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, chess.com sayti ma’lumotiga ko‘ra,  onlan reytingda Magnus Karlsen 2856 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Avgust oyida e’lon qilingan reytingda 64- o‘rinda qayd etilgan yosh grossmeyster (GM) Nodirbek Abdusattorov esa 30- oktyabr holatiga ko‘ra, 2713 ochko to‘plagan holda 32-o‘ringa ko‘tarilgan.

Chempionlik uchun kurash AQSHlik Hikaru Nakamura hamda rossiyalik Yan Nepomnyashiy o‘rtasida murosasiz o‘tdi. Asosiy 4 ta partiya 2:2 hisobida durang bilan tugadi. 15 daqiqalik ekstrataymda AQSH vakili Hikaru Nakamura g‘alaba qozonib, umumiy mukofot jamg‘armasi 400 000 dollari bo‘lgan «Fischer Random World Chempionship-2022» turnirining g‘olibi bo‘ldi. Nepomnyashiy chempionlik uchun 150 ming dollarni qo‘lga kiritdi.

Rahmiddin Shermatov
31-oktyabr, Tegu, Janubiy Koreya

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:14, 31.10.2022.
O'qildi: 3085 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик