Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Diyor Mirzaqulov: «Futbolchilarning o‘yinidan qoniqdim»

Diyor Mirzaqulov: «Futbolchilarning o‘yinidan qoniqdim»

Baho:
+ | -

Pro Liga 25-turidan o‘rin olgan «Yangiyer» — «Sho‘rtan» uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaqulov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob berdi.

— O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, mavsum oxirida ko‘plab futbolchilarda motivasiya yo‘qolgan va yana ba’zi sabablar bor. Lekin bugungi o‘yin uchun barcha yigitlarga rahmat aytgan bo‘lar edim. Yakka kurashlarda yutqazmadik. Futbolchilarda shijoat ko‘rinib turdi. Ayniqsa U-19 yoshidagi to‘rtta bolamiz yaxshi harakat qilishdi. «Sho‘rtan»dek nomdor klubga qarshi o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmadi. O‘yin natijasidan, yigitlarning bugungi uchrashuvga bo‘lgan munosabatidan xursand bo‘ldim. G‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Raqibning golidan keyin ham bizda imkoniyatlar bo‘ldi. Durang natija adolatli bo‘ldi deb o‘ylayman.

— So‘nggi soniyalarda hisobni tenglashtirgan Muhriddin Rasulov va U-19 jamoasi futbolchilaring harakatlaridan qoniqdingizmi?
— Albatta, o‘zingiz kuzatyapsizmi? Bizning tarkibda qolgan jamoalarga nisbatan eng yosh futbolchilar 2001, 2002, 2003 ,2004 yillarda tug‘ilgan yosh yigitlar harakat qilishmoqda. Men ularning o‘yinlaridan qoniqdim. Ular maydonda borlarini berib o‘ynashdi. Bu nimadan dalolat beradi? Bu yigitlarning kelajagi bor. Ularga keyingi yildan yanada ko‘proq imkoniyat berish kerak. Vaziyatimiz ham yaxshi emas, ammo shunga qaramasdan yigitlar borini berib o‘ynashdi. Bugungi futbol hammaga yoqdi.  Stadionga tashrif buyurgan muxlislar ham xursand bo‘lishdi. Futbolchilarimiz hech qaysi vaziyatda «Sho‘rtan»ga imkoniyat berishmadi.

— Bu uchrashuv «Yangiyer»ning «Sho‘rtan» bilan o‘zaro to‘rtinchi bellashuvi. Mehmonda ikkita o‘yinda 4:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Uydagi ikkita uchrashuvda ham 1:1 hisobi qayd etilgan. Bu yil «Sho‘rtan» mag‘lub etilmadi. Shu haqida...

— Bilmadim. Tarixda «Sho‘rtan» jamoasini mag‘lub etmagan ekanmiz. Birinchi davrada kelganimda 0:4 hisobida yutqazgan ekanmiz. Yana harakat qildik, 1:1 natijasi qayd etildi. Borib yana 0:4 hisobida yutqizgandik. Bugun bor irim-sirimlarni yo‘qotib, «Sho‘rtan»ni mag‘lub etishga kelishgandik. Lekin bugun ham g‘uzorliklarni mag‘lub etishni imkoni bo‘lmadi.

"Sho‘rtan" PFK matbuot xizmati

Manba: fcshurtan.uz
Kiritildi: 21:36, 06.11.2022.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.