Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Oltin chap oyoq!

Oltin chap oyoq!

Baho:
+ | -

«Napoli»ning uy arenasi - «San-Paolo»da klub afsonasi marhum Diyego Armando Maradona sharafiga yangi haykal o‘rnatildi

Yer yuzida argentinalik «Futbol raqqosi»ning yodgorlik monumentlari juda ko‘p. Ulardan ko‘pini Diyegoning o‘zi ham ko‘rgan. Chunki futbolchi tirikligidayoq joylarda haykal o‘rnatish asnosida uni alohida sharaflashgan. Lekin «A» seriya 12-turidan o‘rin olgan «Napoli» - «Sassuolo» (4:0) o‘yini oldidan ochilgan yangi haykal o‘zgacha - chap oyog‘i oltin tusda, yana butsasiz. Ha, bu monument endi neapolliklarga marhum yulduz chap oyoqda naqadar kuchli bo‘lganini eslatib turadi.

Diyego Maradona agar hayot bo‘lganida, 31 oktyabr kuni 62 yoshini qarshi olardi. Argentinalik futbol dahosi 1984-1991 yillar oralig‘ida «Napoli»da o‘ynab, butun Neapol tarixida chuqur iz qoldirgan. «Napoli» aynan o‘sha darvda Italiya chempionatida 2 marta zafar quchgan, shuningdek, mamlakat kubogi va superkubogini yutishdan tashqari, klub muzeyini UYEFA kubogi bilan ham bezagan.

«Oltin to‘p»ning birinchi faxriy sohibi va Argentinaning XX asrdagi eng yaxshi sportchisi sifatida tan olingan Diyego Armando yorqin futbolchilik faoliyati davomida 676ta rasmiy o‘yinda ishtirok etib, 345ta gol va 80ta samarali uzatma muallifiga aylangan. Buning samarasi - 25ta sovrin. Don Diyego jumladan, 1986 yilgi JCHda turnirning bosh qahramoni sifatida jahon kubogini boshi uzra baland ko‘targan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:14, 09.11.2022.
O'qildi: 2734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик