Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Fransiya va Qatar kelishuvi. Sotilgan mundial

Fransiya va Qatar kelishuvi. Sotilgan mundial

Baho:
+ | -

Tayyorgarlikdagi ko‘plab janjallar bilan kechgan Qatardagi jahon chempionati boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Hamma allaqachon tinchlangan go‘yo, ammo Xalqaro futbol federasiyasining (FIFA) sobiq prezidenti Yozef Blatter turnir boshlanishi arafasida turnirni o‘tkazish xato deb baholab, yana olovga yog‘ sepishga qaror qildi. Qatardagi jahon chempionati. Shuningdek, u bu qaror qanday qabul qilinganligining hozirgacha noma’lum tafsilotlari haqida gapirdi.

Fransiyaning nima aloqasi bor?
FIFAning sobiq rahbari Shveysariyaning Tegas-Ansaiger nashriga rezonansli intervyu berdi, uning so‘zlari bir zumda butun dunyo OAVlarida tarqalib ketdi. Suhbatning markaziy mavzusi Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati bo‘lib, u haqida Blatter juda ko‘p qiziqarli narsalarni aytib berdi. Xullas, funksionerning fikricha, turnirni ushbu Yaqin Sharq davlatida o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror noto‘g‘ri bo‘lgan.

Futbol va jahon chempionati bu mamlakat uchun juda katta narsa. Bu tanlov uchun men javobgarman, chunki o‘shanda men FIFA prezidenti bo‘lganman. Ammo o‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Yozef Blatter

Bundan tashqari, Blatter dastlab turnirni AQSHga berishni istashlarini aytdi. FIFA tomonidan o‘ylanganidek, Rossiyadan keyin Amerikada jahon chempionatini o‘tkazish "ikki siyosiy raqib o‘rtasidagi tinchlik ishorasi" bo‘lishi kerak edi. Endi bu g‘oya ma’nosiz bo‘lib tuyilishi tabiiy, ammo 2010 yilda Blatterga yaxshi g‘oya bo‘lib tuyulgan edi va u bu g‘oya bilan o‘sha paytdagi Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) rahbari Mishel Platinini ishontirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu tashkilot FIFA tarkibiga kiruvchi barcha konfederasiyalar ichida eng jiddiysi hisoblanadi, shuning uchun yevropaliklarning qo‘llab-quvvatlashi jahon futbolida muhim qarorlar qabul qilinishini sezilarli darajada osonlashtirishi mumkin.

Biroq ovoz berish arafasida o‘sha paytda Fransiya prezidenti lavozimini egallab turgan Nikolya Sarkozi Platinini uchrashuvga taklif qildi va UYEFA rahbaridan Qatarni jahon chempionati mezboni sifatida tanlashga ovoz berishini so‘radi. Blatterning so‘zlariga ko‘ra, uning hamkasbi o‘z kelishuvlarini darhol unutib, mamlakatning birinchi shaxsi topshirig‘ini bajarishga shoshilgan. Natijada Qatarning arizasi ma’qullanishida aynan UYEFAning ko‘magi hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Shveysariyalik funksioner shov-shuvli intervyuda Sarkozining Qatarga keskin uyg‘ongan muhabbati sabablari haqida ham gapirdi. Blatterning so‘zlariga ko‘ra, Platini bilan uchrashuv oldidan Fransiya prezidenti Yaqin Sharq davlati valiahd shahzodasi bilan tushlik vaqtida juda samarali uchrashuv o‘tkazgan.

Albatta, gap pulga borib taqalgan edi. Olti oydan keyin Qatar fransuzlardan 14,6 milliard dollarga qiruvchi samolyotlar sotib oldi.

Yozef Blatter

Blatterning ma’lumotlari faqat 2018 yilda chop etilgan Football Leaks tergovining tasdig‘i edi. O‘shanda ham Fransiya va Qatar korrupsion sxemani tashkil qilishda ayblangan, ammo gap siyosat yoki samalyotlar haqida emas, balki ko‘proq futbol haqida bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, fransuzlar mundialni Qatarga olib berishdagi yordami evaziga o‘sha paytda  Qatar shayxlariga "PSJ"ni sotishgan va ularga BeIN Sport kanalini ochishga ruxsat berishgan, bu esa o‘yinlarni translyasiya qilish huquqi uchun darhol 90 million yevro ajratgan. Tergov juda shov-shuvli bo‘lib chiqdi, ammo uning ob’ektivligiga hamma ham ishonmadi. Blatterning yangi nutqidan so‘ng, shubhalar ancha kamaydi.

Blatter nega jahon chempionati boshlanishi arafasida o‘tmishni qo‘zg‘atishga qaror qilganini aytish qiyin. Ehtimol, u kimningdir buyrug‘i bilan ishlayotgandir yoki unga insof kirgandir? Har holda, uning ham, Platinining ham yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q. 2015 yilda har ikkisi ham korrupsiya va pul yuvish ayblovlari tufayli sakkiz yilga futboldan chetlashtirildi va bu muddat tez orada tugasada, ikkalasini ham yana futboldagi u yoki bu jiddiy lavozimlarda tasavvur etib bo‘lmaydi.

Blatter allaqachon 86 yoshda va uning fransiyalik hamkasbi shveysariyalikga nisbatan yosh bo‘lishiga qaramay, uning obro‘si tiklab bo‘lmas darajada to‘kilgan.

 Aytgancha, Platini hozircha Blatterning ma’lumotlariga munosabat bildirgani yo‘q. Yoki bunga javob beradigan hech narsa yo‘q yoki u, qoida tariqasida, reklama bilan bog‘lanishga qaror qilgan.

Blatterning intervyusidan so‘ng Platiniga qarshi yangi intizomiy va ehtimol jinoiy ish ochiladimi yoki yo‘qligi ham juda qiziq. Shunga qaramay, bu vaziyatda Qo‘shma Shtatlar manfaatlariga zarar yetkazdi va ular hech qachon bunday jinoyat uchun javobgarlar bilan sudlashish imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi. To‘g‘ri, Qatardan jahon chempionatini o‘tkazish huquqini tortib olishning iloji bo‘lmasa kerak.

Agar Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati tashkilotchilik darajasi bo‘yicha ajoyib bo‘lgan va ko‘plab futbolchilar, murabbiylar, muxlislar va yuqori martabali sport amaldorlari uni tarixdagi eng yaxshi jahon chempionati deb atagan bo‘lsa, Qatardagi turnir allaqachon misli ko‘rilmagan musobaqaga aylangan edi. Menimcha, u boshlanmasidanoq tarixga kirib ulgurdi. Albatta, bunga janjallar sabab! 

Blatterning rezonansli nutqidan bir necha kun oldin SRF Shveysariya nashri Qatar rasmiylariga nisbatan keng ko‘lamli tergovni e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular so‘nggi o‘n yil ichida FIFAning yuqori martabali amaldorlariga josuslik qilish uchun ulkan mablag‘lar, ya’ni salkam 400 million dollar sarflagan. Maqsad qatarliklarga jahon chempionatini mamlakatga berish qarorini tanqid qilishga qaror qilgan funksionerlarning ovozini bekor qilishga yordam beradigan murosali dalillarni topish edi. Qatar umumiy kuzatuvdan kerakli natijaga erishdimi yoki yo‘qmi, aytish qiyin, ammo turnir ular bilan qoldi.

Qatar terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlashdagi asosiy muammolardan biri stadionlar va boshqa zarur infratuzilmalarni qurgan ishchilarning huquqlariga rioya etilmagani bo‘ldi. Mamlakat hech qachon bunday kattalikdagi tadbirlarni tashkil qilmagan, shuning uchun uni deyarli noldan qurish kerak edi. Buning uchun hokimiyat ikki millionga yaqin ishchilarni, asosan, Janubi-SHarqiy Osiyodan jalb qildi. Turnirga 12 yillik tayyorgarlik davomida huquq himoyachilari g‘ayriinsoniy mehnat sharoitlarini e’lon qilib, bong urdi va Xalqaro Amnistiya tashkilotining joriy yilning mart oyida chop etilgan ma’lumotlar eng chuqur hisobotga aylandi.

Aniqlik kiritilishicha, ishchilarga maosh ko‘pincha kechiktiriladi yoki umuman ish haqi berilmaydi, kuniga 12-14 soat ishlashga majburlanadi, dam olish kunlari berilmaydi, shuningdek, bunday havas qiladigan ish sharoitlariga rozi bo‘lmaganlar va ishdan ketmoqchi bo‘lganlarga jismoniy zarar etkazish bilan tahdid qilinadi. Bundan tashqari, The Guardian gazetasi 2021 yilda Qatardagi jahon chempionati qurilish maydonlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri halok bo‘lgan 6,7 ming ishchi haqida so‘z yuritgan tergovni e’lon qildi. Asosiy sabablar - elektr toki urishi va balandlikdan yiqilish. Yaqin Sharq davlati rasmiylari G‘arbni o‘z obro‘siga dog‘ tushirishga uringanlikda ayblab, barcha ayblovlarni qat’iyan rad etadi.

Biz boshidanoq sport inshootlari qurilishi bilan vijdonan shug‘ullanib, har qanday tanqidni diqqat bilan tingladik. Biz hattoki ba’zi tanqidlar ijobiy va Qatarga JCH-2022ga tayyorgarlik ko‘rishda yordam berganini his qildik. Ammo tez orada bizga e’tirozlar davom etayotgani, kengayib borayotgani va tanqidchilar deb ataladigan bir qator uyushtirilgan soxta narsalarni o‘z ichiga olgani ma’lum bo‘ldi. Biz G‘arbning yaxshi niyatlariga shubha qiladigan bo‘ldik. 

Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy. Qatar amiri

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi. 

Manba: www.lenta.ru
Kiritildi: 23:50, 10.11.2022.
O'qildi: 4368 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.