Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Boks. Abdumalik Xalakov ikkinchi «klasiko»ni ham bizning foydamizga hal qilib, Osiyo chempioniga aylandi

Boks. Abdumalik Xalakov ikkinchi «klasiko»ni ham bizning foydamizga hal qilib, Osiyo chempioniga aylandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ammandagi boks bo‘yicha Osiyo chempionatida bugun erkaklar o‘rtasida final janglari boshlandi. Hozirgina O‘zbekiston va Qozog‘iston sportchilari o‘rtasida yana bir "klasiko" bo‘lib o‘tdi. 57 kg. vaznda vakilimiz Abdumalik Xalakov Serik Temirjanovga qarshi ringga ko‘tarildi.

O‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan hamyurtimiz raqibga nisbatan ko‘proq aniq zarbalar bergan bo‘lsa-da, birinchi raundda hakamlarning 3 nafari qozoq bokschisining ustunligini e’tirof etishdi.

Shundan so‘ng Abdumalik tajovuzkorlikni oshirib, aniq va kuchli zarbalar sonini ko‘paytirdi. Natijada ikkinchi bo‘limda 4 hakam ustunlikni Halakovga berdi va so‘nggi raund oldidan o‘zbek bokschisi hakamlarning ovozi bo‘yicha 2:1 hisobida oldinga o‘tib oldi (ikki hakam durang qayd etib turdi).

Xalakov uchinchi raundda ham raqibining erkin harakatlanishiga imkon bermaslikka intildi va o‘z maqsadiga erishdi. Yakuniy baholar — 4:1 (30:27, 29:28, 29:28, 29:28, 28:29).

Shu tariqa, Belgraddagi JCHda kumush medalni qo‘lga kiritgan Abdumalik Xalakov Osiyo chempionatida oltin medalga ega chiqdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:23, 12.11.2022.
O'qildi: 2677 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик