Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-0 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-0 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Luisma Ernandes: «Lokomotiv» g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdi»

Luisma Ernandes: «Lokomotiv» g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatdi»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" - "Metallurg" o‘yinidan (3:1) so‘ng bekobodliklar ustozi Luisma Ernandes matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

-  O‘yin haqida
-  Bugungi o‘yinga biz g‘alaba qozonishni maqsad qilib kelgandik. Va bu yutug‘imizni butun mavsum davomida bizni qo‘llab quvvatlab kelgan ashaddiy ishqibozlarimizga bag‘ishlamoqchi edik. Ammo o‘yinni boy berib qo‘ydik. Chempionatda yaxshiroq natija ko‘rsatib, yuqoriroq o‘rinlarni egallash uchun yil davomida qattiq mehnat qildik. Bugungi o‘yindan ko‘nglimiz to‘lmagan bo‘lsa-da, mavsumdagi ishtirokimizdan qoniqish hosil qildim. Bugungi g‘alaba bilan “Lokomotiv” jamoasini tabriklayman. Biz esa biroz dam olgach, keyingi mavsumga tayyorgsharlikni boshlaymiz.

-  Bugungi uchrashuvning natijasi “Metallurg” uchun unchalik ahamiyat kasb etmasdi. Bu futbolchilarni o‘yinga tayyorlashda qiyinchilik tug‘dirmaydimi?
-  Albatta bunday vaziyatda oson bo‘lmaydi. Ammo ta’kidlab o‘tganimdek yil davomida biz o‘zimiz tanlagan yo‘ldan og‘ishmay mehnat qildik. Bugun ham, bundan oldingi o‘yinda ham oxirigacha kurashdik. Ammo ikkala o‘yinda ham omadimiz chopmadi. Bugun “Lokomotiv”ga ochko juda zarur bo‘lganligi bois ular har bitta to‘p uchun oxirigacha kurashishdi va yakunda g‘alaba qozonishdi. Bugungi g‘alabaga ular loyiq edi, deyishim mumkin.

-  Mavsum avvalida jamoa oldiga qanday vazifa qo‘yilgandi. Uni qay darajada bajardingizlar? Agar bajarilmagan bo‘lsa murabbiylar shtabi iste’fo bermaydimi?
-  Bu yilgi chempionat juda murosasiz kechdi. Bizning natijalarimiz o‘tgan yilgiga nisbatan yaxshilandi. Bir muddat oldinroq musobaqa jadvalidagi mavqeimizni tinchroq hududga olib kelishga muvaffaq bo‘ldik. Qolish yoki ketishimga keladigan bo‘lsak keyingi mavsumda ham faoliyatimizni davom ettirishni rejalashtirganmiz.

-  Bugungi o‘yinga taalluqli bo‘lmagan savol bermoqchiman. “Metallurg”dan faoliyatingizni davom ettirmoqchi bo‘lsangiz, o‘zbek tilini o‘rganayapsizmi?
-  O‘zbek tilini mukammal o‘rganishni istayman. Hozircha muloqot uchun eng zarur so‘zlarni bilib oldim. O‘ylashimcha O‘zbekiston menga, men ham O‘zbekistonga yoqdim deb o‘ylayman.

-  Unda o‘zbek tilida bir ikkita so‘z aytib bering...
-  Rahmat, to‘p, kengroq...

-  Yana o‘yinga taalluqli bo‘lmagan savol. Mundial boshlanayapti, Ispaniya jahon chempioni bo‘ladimi?
-  Inshaalloh bo‘ladi. Umid qilaman bu safargi jahon chempionati juda yuqori saviyada o‘tadi. Mezbon mamlakatning tashkiliy ishlarini kuzatib shunday xulosaga keldim. Keyingi mavsumlarda yanada qattiq mehnat qilishimiz kerak, O‘zbekistonning ham Jahon chempionatidagi ishtirokini ta’minlashimiz uchun.

-  Matbuot anjumanida batafsil savollarga javob qaytarganingiz uchun rahmat.
-  Sizlarga ham rahmat. Ishlaringizda omad va muvaffaqiyat tilayman.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 21:32, 12.11.2022.
O'qildi: 1288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик