Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Krishtianu tuzatib bo‘lmas xatoga yo‘l qo‘ydi

Krishtianu tuzatib bo‘lmas xatoga yo‘l qo‘ydi

Baho:
+ | -1

Ronaldu bilan Ronalduni ajratib olish kerak. Ronaldu shaxsiyati, uning xudbin va qaysar xarakterini tanqid qilish, uni o‘zgartirishga urinish foydasiz, aksincha, aynan mana shu xarakteri aslida uning shu darajaga yetib kelishiga katta ahamiyat kasb qilgan. Aks holda, Ronaldudan shu biz yomon ko‘radigan “salbiy” xarakterni olib tashlasak, shunchaki, yoqimtoy Azar yoki Shon-Rayt Filipsga ega bo‘larmidik, kim biladi, buning keragi ham yo‘q. Masala boshqa.

Har bir voqeaning aslini hamma ham bilavermaydi, odatda haqiqatning ommaga olib chiqadigan qismi shunday bo‘lishi kerakki, gapiruvchiga qaysidir ma’noda foyda keltirishi lozim. Agar Krishtianu Ronalduni oddiy inson emas, millionlab foyda keltiradigan katta bir brend, yuzlab insonlar ustida ishlaydigan imij deb tushunsak, kecha e’lon qilingan intervyu mana shu shaxsiyatga naf keltirishi lozim edi. Aks holda, tabiiyki, bu muvaffaqiyatsiz chiqish hisoblanadi.

Endi, hali to‘liq qismi chiqmagan intervyuga nisbatan reaksiyani kuzataylik: Ronalduning fikrlari qaratilgan ob’ektlar – klub,futbolchilar, uning muxlislari, futbol jamoatchiligi, ekspertlar, jurnalistlar – tan olish kerak, yaxshi kutib olishmadi. Kimdir shokda, kimdirga yoqmadi, kimdir keskin chiqish qildi, ya’ni kechagi gaplar bilan Krishtianu Ronalduning imiji yaxshi tomonga o‘zgarmadi, “ha, demak shunday bo‘lgan ekan-da, Ronalduni noto‘g‘ri tushungan ekanmiz-da” qabilidagi munosabat (balki shu kutilgan) yetakchi emas. Aksincha, shu paytgacha Ronalduni tushunib turgan ba’zi insonlar fikrini o‘zgartirgan bo‘lishi ham mumkin.

Ya’ni bu intervyu Ronalduga hech narsa bermadi. Natija muvaffaqiyatsiz chiqdi. Futbolchining ichidan kechayotgan g‘alayonlar, aytmoqchi bo‘lgan fikrlari, boshqa masala, albatta, Ronaldu birovni o‘ldirib qo‘ymadi, olam kechirmaydigan xato ham qilmadi, shunchaki, o‘zi ishlaydigan korxona haqida ba’zi ochiq fikrlarini aytdi. Haqqi bor. Uning og‘zini yopa olmaymiz. Ba’zi, balki ko‘proq masalalarda u haq ham bo‘lishi mumkin, buni ham inkor etmayman.

Lekin qaytaraman, tabiiyki, intervyu qaysidir o‘yinning chiqish koridorida, emosiyalar og‘ushida ro‘y bermadi, futbol o‘lchovida veteran bo‘lsa-da, hayotda atigi 37 yoshli yigitning xatosi ham emas bu. Yoki Pogba misolidagi, bir agent bilan maslahatlashib amalga oshirilgan harakat ham emas. Bu intervyu - o‘ylangan, rejalashtirilgan va qaysidir jabhalarda “Ronaldu” imiji va brendiga ijobiy ta’sir qilishi lozim bo‘lgan harakat edi. Ya’ni mana shu “Ronaldu” korxonasida ishlaydigan bir guruh insonlarning loyihasi.

Va bemalol aytish mumkinki, bu qadam zararli bo‘lib chiqdi. Natija umid qilingandek bo‘lmadi. O‘sha guruhning katta, tuzatish juda qiyin bo‘lgan xatosi. Afsus.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 23:15, 14.11.2022.
O'qildi: 10399 marta.
Fikrlar: 43 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.