Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabio yaqinlashib kelayotgan JCH-2022dagi "uch ranglilar"ning imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Fransiya termasining JCH-2022dagi imkoniyatlari? Menimcha, imkonsiz narsa yo‘q. Biz uchun chempionlikni himoya qilish oson bo‘lmaydi, chunki raqiblar amaldagi jahon chempionlariga o‘zgacha tarzda tayyorlanishadi. Bu biz uchun jiddiy chaqiruv, biz futbol tarixini yozmoqchimiz", - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.
Jahon chempionati guruh bosqichida Fransiya terma jamoasi Avstraliya, Daniya va Tunis terma jamoalari bilan to‘qnash keladi.