Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

"Hammasi nol, o‘zgarmagan". Ronalduning shov-shuvli intervyusi

"Hammasi nol, o‘zgarmagan". Ronalduning shov-shuvli intervyusi

Baho:
+ | -

Bundan bir-necha kun oldin Krishtianu Ronaldu jurnalist Pirs Morganga shov-shuvli intervyu bergan edi. Va o‘sha mashxur suxbatning birinchi qismi biroz oldin ijtimoiy tarmoqlarga joylandi. O‘sha shov-shuvli suxbatning bugungi sonida futbolchi nimalar haqida gapirgani va uning to‘liq intervyusini quyida bilib olishingiz mumkin. 

"Krishtianu bugun ochiqchasiga gapiradi. Ronaldu nima uchun menga intervyu berayotganining sababini aytdi. U meni hurmat qiladi" - Morgan. 

- "Manchester Siti"ga o‘tishga qanchalik yaqin edingiz?

- Rostini aytsam, juda yaqin. Tomonlar ko‘p gaplashishdi va Gvardiola klub meni qo‘lga kiritish uchun faol harakat qilayotganini aytdi. Lekin o‘zingizga ma’lumki, "Manchester Yunayted"da mening o‘z tarixim bor, klub mening yuragimda. Va, albatta, Ser Aleks Fergyuson katta rolini o‘ynadi.

Albatta, men ikkilandim, lekin men ongli tarzda qaror qabul qildim. Yurak menga nima qilishimni aniq aytdi. Qarorimdan afsuslanmayman.

Fergyusonning roli muhim edi. Men u bilan gaplashdim va u: "Sening "Manchester Siti"ga o‘tishingni tasavvur qilib bo‘lmaydi", dedi. Men esa: "Yaxshi, xo‘jayin" degandim. 

Ronaldu qaytishni orzu qilgani haqida ham gapirdi. 

Ronaldu 2021 yil sentyabridagi ikkinchi debyutida «Nyukasl» darvozasiga urgan ikkita golini esladi.

U shunday dedi: "Xo‘sh, bu tuyg‘u ajoyib edi. Lekin nafaqat o‘yin kuni, balki men bundan bir hafta oldin hammasi o‘zgarganini his qilgandim.

"Dunyo men haqimda gapirardi, "Men o‘z uyimga qaytgandim". Shunday qilib, "Manchester Yunayted"ga qaytib, muxlislarimiz uchun o‘yin ko‘rsatish alohida ajoyib lahza bo‘ldi va albatta, Old Traffordda ikkita gol urish men uchun yaxshi holat edi

"Bu unutilmas va aql bovar qilmaydigan kun edi... Ha, "Viva Ronaldu" (qo‘shig‘i), meni o‘sha davrlarga qaytargan. Avval aytganimdek, muxlislar men uchun hamma narsa."

Shuningdek, Ronaldu futbolkalar savdosida Messining rekordini yangilaganidan xursand bo‘lganligini ham ta’kidlab o‘tdi. 

Krishtinu "MYU"dagi o‘zgarishlar haqida ham gapirdi va bundan uning "hafsalasi pir" bo‘lganini anglab olish qiyin emas.

“To‘g‘risini aytsam, “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolaganimda, 13 yil ichida jamoada hammasi o‘zgargan deb o‘yladim. To‘qqiz yilni «Real»da, uch yilni «Yuventus»da o‘tkazdim. Men esa «Manchester Yunayted» yangi texnologiyalar, infratuzilma va hokazolarga ega bo‘ladi, deb o‘ylagandim. Lekin men ko‘rgan narsa yoqimsiz bo‘ldi. Men hech narsa o‘zgarmaganini angladim.

“Manchester Yunayted” avvalgidek emasligini bilardim. Lekin farq bunchalik katta bo‘ladi deb o‘ylamagandim. "Manchester Yunayted"da taraqqiyot nolga teng edi. «Real» yoki hatto «Yuventus» bilan solishtiradigan bo‘lsak, ular dunyoning boshqa jamoalaridan qolishmaydi. Va texnologiyalar, ayniqsa mashg‘ulotlar, ovqatlanish, to‘g‘ri ovqatlanish va tiklanish uchun sharoitlar meni hayratda qoldirdi.

Menimcha, Manchester hozir bu klublardan orqada va bu meni hayratda qoldirdi. Bunday darajadagi klub ilg‘or bo‘lishi kerak, lekin afsuski, unday emas. "Manchester Yunayted" bu darajada emas, lekin yaqin yillarda bu darajaga erishadi degan umiddaman.

Nima bo‘layotganini bilmayman, lekin Ser Aleks Fergyuson ketganidan keyin men hech qanday rivojlanishni ko‘rmadim. Hammasi nol, o‘zgarmagan"

Davomi bor. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:09, 17.11.2022.
O'qildi: 4161 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.