Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Viktor Kumikov: «Bu yil qarzni qaytardim, deb hisoblayman»

Viktor Kumikov: «Bu yil qarzni qaytardim, deb hisoblayman»

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Xorazm” o‘rtasidagi bellashuvdan (3:1) so‘ng mezbonlar ustozi Viktor Kumikov matbuot anjumani shunday dedi:

“Birinchi bo‘limdagi o‘ylagan rejalarimiz o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni to‘g‘rilab oldik. O‘z maydonimizdagi oxirgi o‘yinda g‘alaba qozonishni juda xohlagandik. Viloyat hokimi ham tashrif buyurgandi va yana boshqa mehmonlar ham kelgandilar. Yaxshi o‘yin ko‘rsatib vazifani bajardik.

Hissiyotlarimga kelsak, uzoq kutilgan vazifani bajardik, o‘tgan yili jamoada mavsum boshidan ishlamagan bo‘lsam ham oxirida Superligada saqlab qololmagandik. Shu sababli o‘zimda qandaydir qarzni his qildim. Bu yil o‘sha qarzni qaytardim, deb hisoblayman. Quvonchim cheksiz, albatta.

Keyingi rejalar haqida bilmadim, mavsumni tugatib olaylik, yana bitta o‘yinimiz bor. Rahbariyat qanday jamoa tuzadi, o‘tirib gaplashib olamiz, muhokama qilamiz”, - deydi Viktor Balyutovich.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:31, 17.11.2022.
O'qildi: 1911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик