Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

"Manchester Yunayted" Ronalduning o‘rniga Mbappeni olib kelmoqchimi? Mankunianliklar uchun eng maqbul variant qaysi?

"Manchester Yunayted" Ronalduning o‘rniga Mbappeni olib kelmoqchimi? Mankunianliklar uchun eng maqbul variant qaysi?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronalduning "MYU"dan ketishi aniqlashib qolgach, rahbariyat unga o‘rinbosar izlay boshladi. Matbuot esa Kilian Mbappe mankunianliklar nazarida ekanini yozmoqda. Unda faqat "Manchester Yunayted"gina Mbappe uchun 150 million funtdan ziyod mablag‘ni to‘lab bera olishi aytiladi. Moliyaviy masala o‘z yo‘liga. Ammo Mbappening o‘zi Ser Aleks Fergyuson iste’fosidan beri na APL va na YECHL chempionligi uchun kurashayotgan klubga o‘tishni istarmikin?

Yaqindagina mana shu masalada matbuotga yana bir xabar sizdirildi. Unda "MYU" uchun Mbappedan ko‘ra osonroq erishsa bo‘ladigan variant borligi aytiladi. O‘sha variant bu mavsumda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga erishgan, Viktor Osimxendir. Italyan klubi o‘z futbolchisini 60 million funtga baholagan. Ammo adolat yuzasidan aytish kerakki, Osimxen Italiya chempionligi va YECHL yetakchiligi uchun kurashayotgan "Napoli"dan shunchaki kechib, muammoli "MYU"ga, ko‘p ehtimol, bormaydi. Shu sabab, mankunianliklar Osimxendan ham ko‘ra, osonroq qo‘lga kiritsa bo‘ladigan variant qidirib ko‘rishi kerak. Mana masalan, "Brentford" hujumchisi Ayvan Touni aynan shu ta’rifga mos keladi...

Endi o‘rni to‘ldirilishi kutilayotgan Ronaldu haqida ham ozgina fikr yuritsak. Krishtianu Ronalduni qishki transferlar oynasida boshqa jamoaga o‘tishi bilan bog‘liq xabarlar tarqab turibdi. Aytilayotgan manzillar ichida "Bavariya" ham mavjud. Ammo ushbu variant ishonchli manba, "Bild" nashri jurnalisti Kristian Falk tomonidan rad etildi. Falk "Bavariya" rahbariyati bilan juda yaxshi aloqalarga ega va u shunday deydi: "Bu xabarlarning hammasi yolg‘on. Hech qachon "Bavariya" va Xorxe Mendesh o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmagan. "Bavariya" Ronalduga qiziqish bilan qaramayapti".
Ushbu xabar hammasiga oydinlik kiritib berdi. Portugaliyalik yulduz, endilikda, o‘ziga boshqa jamoa topishiga to‘g‘ri keladi!

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 12:26, 17.11.2022.
O'qildi: 4066 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.