Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

OCHL. Bir ekstremaldan ikkinchisiga o‘tish

OCHL. Bir ekstremaldan ikkinchisiga o‘tish

Baho:
+ | -

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayev «Telegram»dagi kanalida Osiyo futbol haqida ko‘p yozadi.  Uning OFKning OCHL bo‘yicha islohotlari yuzasidan bildirgan mulohazalari ham ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak.

- Avval yozganimizdek, OFK klub turnirlarini isloh qilmoqchi. Misol uchun, OCHL-2024|2025da 40ta emas, 24ta klub ishtirok etishi ehtimoli bor. OFK kubogida esa 32ta klub o‘ynaydi, faqat hududlarga bo‘linmasdan. Bunga 20ta jamoani o‘z ichiga olgan uchinchi turnir qo‘shiladi. Tabiiyki, hammasi kvotalarning mamlakatlar o‘rtasidagi taqsimotini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Umuman, Osiyo klublari turnirlariga doir bo‘lajak islohotlar haqida ko‘plab fikrlar bor. Ulardan eng asosiy - OFKda odatdagidek, nima qilishayotganini bilishmaydi. Keling, eng soddasidan boshlaylik. 2021 yilgacha OCHL guruh bosqichida asosan 12ta mamlakatning 32ta jamoasi o‘ynadi. Turnir geografiyasini kengaytirish kerakligi bot-bot aytilardi va OFK oxir-oqibat, shunday qildi. Biroq bu elit mamlakatlar kvotasini qisqartirish emas, balki 8ta mamlakat uchun guruh bosqichida 8ta qo‘shimcha o‘rin berish hisobiga amalga oshirildi. Natijada guruh bosqichida 40ta klub qatnashdi va 1|8 final ishtirokchilarini aniqlash murakablashdi: 2-o‘rin sohiblaridan 3tasini ajratish uchun ularning ochkolarini sanashga to‘g‘ri keldi. Mana, isloh qilingan tizimdagi ikkinchi turnir tugamay turib, OFK yana barchasini butkul o‘zgartirishga tayyor. Birinchidan, 10ta guruh o‘rniga 2ta yuzaga keladi - «G‘arb» va «Sharq». Har bir guruhda 4tadan emas, 12tadan jamoa bo‘ladi. Ya’ni guruh raundida atigi 24ta klub qatnashadi.

Yana bir marta: 2020 yili 32ta edi. 2021 va 2022 yilda 40ta bo‘ldi, 2023|2024da ham shuncha jamoa o‘ynaydi. Mavsum-2024|2025dan esa 24ta. Shubhasiz, bir ekstremaldan ikkinchisiga o‘tish. OCHL geografiyasini kengaytirish bo‘yicha eksperiment boshlagan OFK yangi formatda to‘liq bir mavsum o‘tkazmay turib, undan voz kechmoqda. «G‘arb»da Hindiston, Iordaniya, Tojikiston, Turkmaniston, «Sharq»da esa Malayziya, Gonkong, Singapur, va Filippin klublariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri OCHL yo‘lini ochgan OFK ushbu mamlakatlarda futbol rivojiga hissa qo‘shish xohishi haqida chiroyli so‘zlar aytgandi. Rivojlanish masalasi nima bo‘ldi? Bu endi talab qilinmaydimi? OCHL ishtirokchilari ro‘yxatini yangi davlatlar hisobiga kengaytirgan OFK yangi bozorlar, muxlislar manfaati haqida ham gapirgandi. Endi yangi bozorlar nima bo‘ldi? Tajriba samara berdimi? Bilmayman. Hech kim bilmaydi. Kim bilaman desa, u yolg‘onchi va firibgardir. Axir o‘tgan mavsum ham, hozirgisi ham to‘laqonli bo‘lmadi, bunday holatda tajribani qanday baholash mumkin? Pandemiya tufayli o‘yinlar markazlashga tizimda olib borildi. Turkmaniston va Iordaniyada OCHLga qiziqish o‘zgarganini qanday baholash mumkin, agar klublari o‘z uyida bitta ham o‘yin o‘tkazmagan bo‘lsa? Tojikistonning «Istiqlol» klubi esa 2 yilda atigi 1ta o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazdi. Birgina o‘yin asosida qanday tahlil qilish mumkin? Hamkasblarimdan biri bu dalillarga qarshi aytdi: translyasiya huquqlari-chi? Bunda ham har 2 haftada o‘yin o‘tkaziladigan va 3 oy davom etadigan standart guruh bosqichi hamda har 3 kunda o‘yin bo‘ladigan, barchasi 3 hafta   to‘g‘ri keladigan markazlashgan tizim o‘rtasida farq bor, baribir. Unutmaslik kerakki, o‘tgan yili na BAA telekompaniyalari va na Qatarniki OCHL huquqini sotib oldi. Bunday sharoitda turnirning tijorat samarasini qanday baholash mumkin?

Endi aynan klublar soni bo‘yicha yangi taklif haqida. OCHL guruh bosqichida 24ta ishtirokchi bo‘lishi turnirda katta ehtimolki, klublar reytingida 7-o‘rindan pastdagi mamlakatlardan biror vakil o‘ynamasligini anglatadi. Boz ustiga, hatto elit mamlakatlarning ham 3 yoki 4-klubi chetda qoladi. Ha, kurash keskinroq kechadi, ammo bundan turnirga qiziqish keng auditoriyada ortadimi? Mavzuga bog‘liq holda, turnir formati haqida. OFKda yangicha Shveysariya tizimi bo‘yicha o‘ynashni taklif qilishyapti, faqat bunda ishtirokchilar soni ahamiyat kasb etmaydi. Vaholanki, bu format birinchi marta 100 nafardan ortiq ishtirokchini o‘z ichiga olgan shaxmat turnirlari (masalan, shaxmat Olimpiadasi)da qo‘llanilgan. Yevropa CHL ham 2024 yildan Shveysariya tizimiga o‘tadi (qaror 1 yil oldin, kuchga kirishidan 3 yil oldin qabul qilingan) va ishtirokchi klublar soni 32tadan 36taga oshiriladi. OFK esa aksincha, ishtirokchilar sonini kamaytirishga qaror qildi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 17.11.2022.
O'qildi: 2641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.