Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Braziliya terma jamoasidan tushib qolgan futbolchilardan tuzilgan terma jamoa

Braziliya terma jamoasidan tushib qolgan futbolchilardan tuzilgan terma jamoa

Baho:
+ | -

Braziliya bu galgi Jahon chempionatiga favoritlar qatorida tashrif buyurmoqda. Jamoaning tarkibi istalgan raqibni dahshatga solishi turgan gap. Braziliya ustozi Tite mundialga boradigan 26 talik ro‘yxatni e’lon qilgandi. Ushbu ro‘yxatdan esa ba’zi katta nomlar tushib qolgan. Quyida o‘sha futbolchilardan yana bir butun boshli terma jamoa tuzib chiqamiz.

Darvozabon: Neto

"Barselona" safida uch yil davomida zaxirada o‘tirgach, Neto APLga yo‘l oldi. U hozir "Bornmut" safida harakat qilmoqda. Neto Premyer-ligada bu mavsum 83,9 % seyv ko‘rsatkichiga ega. Bu esa APLda eng yaxshisi hisoblanadi.

O‘ng qanot himoya: Emerson

Emerson Junior "Tottenxem"da muhim figura. Ammo Tite uning o‘rniga 39 yoshli Dani Alveshni olib ketishni ma’qul ko‘rdi. Emerson esa Rojdestvoga qadar dam oladi.

Chap qanot himoya: Lodi

Renan Lodi 2021 yilda Braziliya terma jamoasi tarkibida bo‘lgan. Ammo uning sport formasi ko‘p narsani hal qildi. Lodi "Nottingem Forest" safida ijara asosida harakat qilmoqda. Bu safar uning harakatlari Titeni hayratga sola olmadi.

Markaziy himoya: Diyego Karlos

Karlos 2020 (aslida 2021) yilgi Olimpiya o‘yinlarida Braziliya bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Ammo bu omil uni Jahon chempionatiga chaqirish uchun yetarli bo‘lmadi. 26 million funtlik "Aston Villa" himoyachisi mavsumning katta qismini jarohati sabab o‘tkazib yubordi.

Markaziy himoyachi: Gabriel

"Arsenal" hozirda Yevropadagi eng himoyasi barqaror klubga aylandi. Jamoa hozirga qadar 11 ta gol o‘tkazgan xolos. Bunda Gabrielning xizmatlari katta edi. Ammo Tite buni e’tiborga olmadi. Endilikda, u mundialni o‘z uyida turib kuzatadi.

Tayanch: Fernando

Braziliya tayanchda Kazemiro va Fabinyo kabi kuchli futbolchilarga ega. Shu sabab Titega Fernanduning xizmatlari kerak bo‘lmaydi. Boz ustiga, ayni damda "Sevilya" safida harakat qilayotgan futbolchining klubdagi ishlari ham unchalik yaxshi emas.

Tayanch: Oskar

Oskarning xalqaro darajadagi reytingi 2017 yil, u Xitoyga yo‘l olganidan keyin pastlay boshladi. 2014 yilgi Jahon chempionatida katta yulduzlardan biri bo‘lgan futbolchi, shundan keyin ko‘rinmay qoldi. Uning terma jamoadagi so‘nggi o‘yini 2015 yilda bo‘lib o‘tgandi.

Yarim himoyachi: Mateush Kunya

2021 yilda "Atletiko"ga ko‘chib o‘tgan Kunyaning ishlari anchadan beri yaxshi emas. 23 yoshli futbolchi, dastlab, jarohatlar girdobida qoldi. Hozirda Kunya asosan zaxiradan maydonga tushirilmoqda. Bu esa uning terma jamoaga chaqirilmasligiga sabab bo‘ldi.

Chap qanot hujum: Koutinyo

Koutinyoning Braziliya terma jamoasidagi o‘rni, futbolchining mundial arafasidagi jarohati sabab boy berildi. Afsuski, shunday talantni biz Qatarda kuzata olmaymiz.

O‘ng qanot hujum: David Neres

Braziliyaning hujum chizig‘idagi kuchiga aql bovar qilmaydi. Neres bu qudrat oldida ojiz edi. Tite hujumda Neymar, Vinisius, Antoni, Rafinya, Martinelli, Rodrigo, Jezus va Risharlisondan foydalanishi mumkin. Bu yerda Neresga joy yo‘q edi.

Hujumda: Firmino

Ko‘p ehtimol, Braziliya terma jamoasi tarkibidan tushib qolgan eng katta yulduz Firmino edi. Ha, uning klubi bo‘lgan "Liverpul" hozirda yaxshi ahvolda emas. Ammo uning mavsum davomida urgan 9 ta goli, qolaversa, 4 ta assisti hech narsani isbotlay olmadi. U terma jamoaga jalb qilinmadi...

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 10:41, 19.11.2022.
O'qildi: 7912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.