Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Jahon chempionatida g‘olib chiqish imkoniyati kimda qanaqa?

Jahon chempionatida g‘olib chiqish imkoniyati kimda qanaqa?

Baho:
+ | -

Tez orada jahon chempionati boshlanadi. Chempionat 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar davom etadi. Jahon chempionati favoritlari anchadan beri muhokama qilingan, ammo hozir ular haqida batafsilroq gapirish vaqti keldi.

Niderlandiya

G‘alaba qozonish ehtimoli: 8%

Niderlandiya terma jamoasidan har doim katta umidlar bo‘lgan. Shu bilan birga, hozirda “apelsinlar” qit’a yoki jahon chempionatining asosiy favoriti hisoblanmaydi. Lui van Gal gollandlarni yana jahon chempionatiga olib chiqdi. Bunday imkoniyat uchun mutaxassis hatto faoliyatini davom ettirdi.

2014 yilgi jahon chempionatida van Gal boshchiligidagi terma jamoa 3-o‘rinni egalladi. Shundan so‘ng “apelsinlar” Yevro-2016 va JCH-2018ni o‘tkazib yubordi. Yevro-2020da ular guruhdan 1-o‘rin bilan chiqishdi, ammo 1/8 finalda chexlarga mag‘lub bo‘lishdi. Endi gollandlar jahon chempionatiga qaytishmoqda, ammo ularning istiqbollarini juda ehtiyotkorlik bilan baholash kerak.

Germaniya

G‘alaba qozonish ehtimoli: 9%

Germaniya terma jamoasi JCH-2014 g‘olibiga aylandi, ammo JCH-2018da muvaffaqiyatsizlikka uchradi va guruhdan chiqa olmadi. Yevro-2020da nemislar atigi 1/8 finalgacha yetib borgan va u yerda inglizlarga yutqazgan. Shundan so‘ng “Bundestim”da jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi, ularning asosiysi Yoaxim Lyovning bosh murabbiylikdan ketishi bo‘ldi. Mutaxassis Germaniya terma jamoasini 15 yil davomida boshqargan, shundan so‘ng uning o‘rnini Xans-Diter Flik egallagan.

"Bavariya"ning sobiq murabbiyi klub darajasidagi barcha turnirlarda g‘olib chiqdi. Shundan so‘ng mutaxassis Germaniya terma jamoasiga qaytdi, u avvalroq Lyovning yordamchisi bo‘lgan. Mutaxassisga katta umidlar bog‘langan, ammo u ularni oqlay oladimi, yo‘qmi buni vaqt ko‘rsatadi.

Ispaniya

G‘alaba qozonish ehtimoli: 11%

Ispaniya terma jamoasi o‘zi ishtirok etayotgan deyarli barcha yirik turnirlarning favoritlari qatorida e’tirof etiladi. Garchi ispanlar har doim ham mukammal o‘yin ko‘rsatmasa ham. Masalan, JCH-2018da ular 1/8 final bosqichida Rossiyaga penaltilar seriyasida yutqazib qo‘yishdi. Yevro-2020da "Qizil furiya" yarim finalga qadar yetib bordi, u yerda ham 11 metrlik zarbalar yana to‘siq bo‘ldi. 2022 yilgi jahon chempionatiga Luis Enrike yosh, ammo tajribali, turnirning keyingi bosqichlariga chiqa oladigan jamoani olib kelgan.

Angliya

G‘alaba qozonish ehtimoli: 11%

Angliya o‘zining so‘nggi ikki turnirida yuqori pog‘onani o‘rnatdi. JCH-2018da britaniyaliklar yarim finalga, Yevro-2020da esa finalga qadar yetib borgan va u yerda penaltilar seriyasida italiyaliklarga yutqazgan.

"Sherlar" bosh murabbiyi Garet Sautgeyt so‘nggi yutuqlarni hisobga olsak, 2022 yilgi jahon chempionatida yarim final jamoa uchun minimal vazifa ekanligini aytdi. Biroq Angliyaning Millatlar ligasidagi yomon o‘yini (6 turda bor-yo‘g‘i 3 ochko) bu jamoada hammasi joyida bo‘lmasligi mumkinligini ko‘rsatadi. Shunga qaramay, tarkib nuqtai nazaridan "sherlar" jahon chempionatida g‘olib chiqish mumkin bo‘lgan jamoaga o‘xshaydi.

Fransiya

G‘alaba qozonish ehtimoli: 13%

Amaldagi jahon chempionlari chempionlikni himoya qilish uchun eng yaxshi holatda emas. Yevro-2020da Didye Desham jamoasi 1/8 final bosqichidayoq Shveysariyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Millatlar ligasida fransuzlar tushinarsiz o‘yin ko‘rsatib, 6 turda atigi 5 ochko to‘plashdi. Bundan tashqari, "uch ranglilar" tarkibida ko‘p yoqotishlar mavjud. Yarim himoyachilar Kante va Pol Pogba JCH-2022ga bormaydi. Bu juda jiddiy yo‘qotishlardir. Desham uzoq muddatli maqsadlar qo‘ymaydi. Fransuzlar uchun birinchi vazifa guruhdan chiqish.

Argentina

G‘alaba qozonish ehtimoli: 15%

Ko‘plab ekspertlar, shuningdek, bukmekerlar Argentina terma jamoasini JCH-2022ning asosiy favoritlaridan biri deb bilishadi. Lionel Skaloni jamoasi hozir qanday formada ekanligidan kelib chiqib, bu mantiqan to‘g‘ri. Argentinaliklarning mag‘lubiyatsiz seriyasi 35 o‘yindan iborat. “Albiselesta” oxirgi marta 2019 yilning iyul oyida Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgandi. Argentina JCH-2022ga eng kuchli tarkib va eng motivasion Lionel Messi bilan boradi. "PSJ" forvardi uchun bu mundial uning so‘nggisi bo‘lishi mumkin, shuning uchun u turnirda g‘alaba qozonish uchun bor kuchini sarflaydi.

Braziliya

G‘alaba qozonish ehtimoli: 21%

Braziliya terma jamoasi mutaxassislar tomonidan 2022 yilgi jahon chempionatining asosiy favoriti sifatida ko‘rilmoqda. “Selesao” jahon chempionatiga chinakam kuchli tarkib bilan boradi. Alisson yoki Ederson o‘rinbosar darvozabon bo‘ladigan jamoaning imkoniyatlarini tasavvur qilish qiyin emas. Argentinaliklarda Messi, braziliyaliklarda esa jahon chempionatiga optimal formada yaqinlashayotgan Neymar bor. Qolaversa, ushbu turnir Tite uchun Braziliya terma jamoasi boshchiligidagi so‘nggisi bo‘ladi. U jamoadan ketishini jahon chempionatidagi yirik g‘alaba bilan yakunlasa ajoyib bo‘lardi.

Kiritildi: 15:49, 19.11.2022.
O'qildi: 3416 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.