Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Siti" sobiq futbolchisi: "Keyn "Tottenxem" bilan shartnomani uzaytirib xatoga yo‘l qo‘ydi"

"Manchester Siti" sobiq futbolchisi: "Keyn "Tottenxem" bilan shartnomani uzaytirib xatoga yo‘l qo‘ydi"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Mayk Richards "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynning faoliyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Keyn ajoyib futbolchi, ammo u "Tottenxem" bilan uzoq muddatli shartnoma imzolab, katta xatoga yo‘l qo‘ydi. "Liverpul" yoki "Manchester Siti"da Xarri hozirgacha ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan bo‘lardi. U bunga loyiq" - , dedi Richards Daily Mail bilan suhbatda.

29 yoshli hujumchi London klubida 2011 yilning yanvaridan beri to‘p surmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning yozida yakuniga yetadi.

Keyn joriy mavsumda APLda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:32, 20.11.2022.
O'qildi: 1261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.