"Tottenxem" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlison faoliyatini yakunlaganidan keyin nima qilishni rejalashtirayotganini aytdi.
"Butsamni mixga ilganimdan keyin nima qilaman? Men o‘zimga orol sotib olishni va u yerda bir guruh ayollar bilan yashashni rejalashtirmoqdaman", - deb yozadi Sun tabloidi hujumchining so‘zlarini.
25 yoshli braziliyalik ushbu yozda "Tottenxem"ga o‘tib, 5 yillik shartnoma imzoladi. Uning transferi “shporlar”ga 58 million yevroga tushdi.
Richarlison joriy mavsumda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.