"Atalanta" darvozaboni Marko Sportyello boshqa klubga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli italiyalik futbolchiga "Milan" da’vogarlik qilmoqda va u futbolchini 2023 yilning iyun oyida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Joriy mavsumda Sportyello A Seriyada 6 ta o‘yinda, 7 ta gol o‘tkazib yuborgan va 2 o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.













