Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/11 01:00 Bavariya 1-0 Benfika
07/11 01:00 Feyenoord 1-3 Zalsburg
07/11 01:00 Srvena Zvezda 2-5 Barselona
07/11 01:00 Inter 1-0 Arsenal
07/11 01:00 PSJ 1-2 Atletiko
07/11 01:00 Sparta 1-2 Brest
07/11 01:00 Shtutgart 0-2 Atalanta
07/11 13:00 Sidney 0-1 Sanfrechche Xirosima
07/11 15:00 Sebu 2-9 Muangtong Yunayted
07/11 15:00 Chonbuk Motors 1-0 Selangor
07/11 16:00 OKMK 2-2 Olimpik
07/11 17:00 Istern 1-2 Kaya–Iloilo
07/11 17:00 Lion Siti Seylors 2-3 Persib
07/11 17:00 Jechjiang 1-2 Port
07/11 18:15 Dinamo 1-2 Lokomotiv
08/11 00:45 Jenoa - Komo
08/11 18:15 Bunyodkor - Metallurg
09/11 00:45 Lechche - Empoli
09/11 01:00 Rayo Valyekano - Las-Palmas
09/11 16:00 Navbahor - Paxtakor
09/11 17:00 Nasaf - So‘g‘diyona
09/11 18:00 Real Madrid - Osasuna
09/11 18:15 Surxon - Neftchi
09/11 19:00 Venetsiya - Parma
09/11 20:00 Kristal Pelas - Fulhem
09/11 20:00 Vest Xem - Everton
09/11 20:00 Vulverhempton - Sautgempton
09/11 20:00 Brentford - Bornmut
09/11 20:15 Vilyarreal - Alaves
09/11 22:00 Kalyari - Milan
09/11 22:30 Brayton - Manchester Siti
09/11 22:30 Espanyol - Valensiya

Ajoyib an’ana. Ekvadorning gol nishonlash uslubida o‘zgacha hikoya mavjud

Ajoyib an’ana. Ekvadorning gol nishonlash uslubida o‘zgacha hikoya mavjud

Baho:
+ | -

Enner Valensiya - ekvadorlik super qahramon. U jahon chempionatlarida terma jamoa safida so‘nggi oltita golni urgan: Shveysariyaga bitta, ikkitasi Gondurasga (2014 yilgi jahon chempionatida), ikkita Qatarga va Gollandiyaga bitta gol.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, Valensiyaning har bir goli juda ta’sirli tarzda nishonlanadi. Hamma aylana bo‘ylab tiz cho‘kkan holda, qo‘llarini osmonga ko‘tarib golni nishonlaydi.

Qatarga qarshi birinchi goldan keyin ham shunday bo‘ldi.

Va ikkinchi goldan keyin quyidagicha:

Gollandiyaga urilgan goldan keyin (1:1):

Qiziq tomoni, bu shunchaki ibodat emas. Ekvador gollarini jamoa to‘purarlaridan biri - Kristian Benitesga bag‘ishlaydi.

Chuchoni (Benites taxallusi) "Birmingem"da o‘ynaganini, Pol Pogba uslubidagi mashhur soch turmagini eslaysiz - u boshining tepasida geometrik shakllar orqali yashil dreadlok kiygan.

2013 yilda Benites Qatarning «Al Jaish» klubiga o‘tdi, ammo jamoada bor-yo‘g‘i uch hafta o‘ynadi va kubok o‘yinida maydonga tushdi. Ertasi kuni u xuruj qilgan qorin og‘rig‘i bilan kasalxonaga yotqizilgan va bir necha soatdan keyin u vafot etdi.

Tekshiruv paytida Benitesda tug‘ma yurak nuqsoni borligi aniqlandi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bunday kasallik eng batafsil tadqiqotlarda ham aniqlanmagan bo‘lishi mumkin va shifokorlar kech qolganini tushuntirishdi. Hatto, bir necha yillar davomida ham Premyer-ligada hech kim hech qanday shubhali narsani sezmadi.

Benitesning o‘limi Enner Valensiyaning terma jamoadagi faoliyati boshlanishiga to‘g‘ri keldi. Braziliyada bo‘lib o‘tgan 2014 yilgi jahon chempionatida Valensiya uchta gol urdi. O‘shandan boshlab Enner Benitesning vorisi deb atala boshlandi va bularning barchasi mantiqan shunday yaxshi an’anaga aylandi - marhum Kristianga gol bag‘ishlana boshlandi.

Endi ular buni Kristian vafot etgan Qatarda qilishida qandaydir ramziylik bor.

Benites 11-raqamda o‘ynaganidan xabaringiz bor. Uning o‘limidan so‘ng darhol Ekvador futbol federasiyasi Chuchoga hurmat ma’nosida «11»ni muomaladan olib tashladi.

Faqat bir yil o‘tgach, FIFA qoidalarga aralashdi. Chunki JCHda jamoalar barcha raqamlarni ketma-ket ishlatishga majbur bo‘ladi — 1dan 26-gacha. Felipe Kaysedo JCH-2014da 11-raqam ostida o‘ynadi, hujumchi Mikael Estrada JCH-2022da aynan «11»da o‘ynamoqda.

Ekvadorliklar odatda ko‘p ibodat qilishadi, din ularning hayotining muhim qismidir. Ya’ni birgalikda ibodat qilish faqat Benitesning fojiali hikoyasi bilan bog‘liq emas.

«Brayton» himoyachisi Pervis Estupinyan shunday tushuntiradi:

“Biz har doim o‘yindan oldin va keyin birga ibodat qilamiz. Ekvadorda odamlar juda dindor. Ammo shuni tushunish kerakki, bu maydondagi ish uchun qo‘shimcha voqelik xolos. Bizni Xudomiz bu yerga olib kelganini bilamiz, bu bizning o‘sha zotga minnatdorchilik bildirish belgimiz va bizga yordam berishini so‘rashdir. Janubiy Amerikada biz Yevropadagilarga qaraganda ko‘proq dindormiz. Misol uchun, menda Bibi Maryamning tatuirovkasi bor. Lekin Xudo bir nuqtaga qadar yordam beradi. Cheklov bor, undan keyin siz faqat o‘zingizga ishonishingiz kerak. Qanchalik so‘rama, maydonga tushib, qo‘lingdan kelganini qilmasang, raqib sendan o‘zib ketaveradi.

Kiritildi: 09:34, 26.11.2022.
O'qildi: 3083 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.