Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Gavi termaning kechagi umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan, deya xabar berdi Mundo Deportivo.
Manbaga ko‘ra, futbolchi Germaniyaga qarshi (1:1) o‘yindan so‘ng o‘zida noqulayliklar sezgan. Shu sababli, u kecha jamoadan alohida shug‘ullangan.
Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli yarim himoyachi JCH 1-turida Kosta-Rika darvozasiga to‘p kiritgandi.