Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Diyor Imomxo‘jayev: «Liga kubogi taqdiri FIFA va OFK qarorlariga bog‘liq»

Diyor Imomxo‘jayev: «Liga kubogi taqdiri FIFA va OFK qarorlariga bog‘liq»

Baho:
+ | -

2023 yilgi Osiyo kubogida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston ishtirok etadi. Osiyo kubogi 16 iyun kuni start olishi kerak edi. Tabiiyki, bu holatda klublar o‘z futbolchilarini terma ixtiyoriga 1 iyun sanasidan yuborishi talab etiladi.

Biz buni bir yil avval hisobga oldik va iyun oyi klublar uchun bo‘sh qolmasligini o‘ylab, Liga kubogi musobaqasini tashkil qilish, unga qo‘shni mamlakatlar jamoalarini taklif qilishni reja qildik. Biroq OFK Osiyo kubogini Xitoydan olib qo‘ydi va Qatarga berdi. Endi musobaqa 2024 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tishi haqiqatga yaqin. Bu esa bizga iyun oyi davomida chempionat uchrashuvlarini o‘tkazish imkoniyatini beradi.

Demak, Liga kubogi borasidagi rejalarimiz ham o‘zgaradi. Uning 2023 yilda o‘tishi yoki o‘tmasligi qator jihatlarga bog‘liq. Ular orasida Superliga uchun taklif etilayotgan yangi format ham bor.

FIFA jahon chempionatini har ikki yilda bir o‘tkazmoqchi va shu masala ko‘ndalang ekanidan kelib chiqib, bir necha yillik taqvim masalasida pauza ushlayapti. O‘z-o‘zidan konfederasiyalar FIFAni kutishga majbur. OFK klublar ishtirokidagi musobaqalarni 2023 yildan boshlab kuz-bahor tizimiga ko‘chiradi. Xullas, bizga bevosita ta’sir qiluvchi o‘zgarishlar katta. Biz hammasini inobatga olishimiz va o‘z manfaatlarimizdan kelib chiqib, puxta reja ishlab chiqishimiz lozim.

Liga kubogi bu kerakli musobaqa. Ammo u shoshma-shosharlik bilan tashkil qilinmasligi muhim. Biz katta tashkilotlar o‘z qarorlarini tezroq e’lon qilishlarini kutamiz. Avvalroq aytganimizdek, liga sifatida biz jahon chempionatining har ikki yilda bir o‘tishiga xayrixoh emasmiz. Bu klublar musobaqalariga katta zarba bo‘ladi deb hisoblaymiz.

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 14:55, 29.11.2022.
O'qildi: 2588 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.