Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Jahon chempionati. Messi jamoasi bilan keyingi bosqichga chiqa oladimi?

Jahon chempionati. Messi jamoasi bilan keyingi bosqichga chiqa oladimi?

Baho:
+ | -

Bugun, 30 noyabr kuni JCH-2022da "C" va "D" guruhlarida hal qiluvchi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Lionel Messi boshchiligidagi Argentina turnirni muddatidan avval tark etishi mumkin, amaldagi jahon chempionlari esa xotirjamlik bilan pley-offga tayyorlanadi. Guruhlardagi vaziyatga to‘xtalib o‘tamiz.

"C" guruhi

Polsha: Robert Levandovski va jamoasi Argentinaga yutqazmasa, 1/8 finalga chiqadi. Mag‘lubiyatga uchragan taqdirda, variantlarni ko‘rib chiqish mumkin. Agar Polsha Argentinaga bitta to‘p farqi bilan yutqazsa, Saudiya Arabistoni Meksika ustidan g‘alaba qozonsa, albatta turnirni tark etadi. Agar bir vaqtning o‘zida Saudiya Arabistoni g‘alaba qozona olmasa, to‘plar farqini hisoblash kerak bo‘ladi.

Argentina: Janubiy amerikaliklar Polshani mag‘lub etishsa guruhdan chiqishadi va mag‘lub bo‘lishsa turnirni tark etishadi. Argentina polyaklar bilan durang o‘ynasa, parallel o‘yinda durang qayd etilgan taqdirdagina oldinga chiqadi, Saudiya Arabistoni Meksika ustidan g‘alaba qozonsa, ular turnirni tark etishadi. Agar Meksika g‘alaba qozonsa, to‘plar farqini hisobga olish kerak bo‘ladi.

Saudiya Arabistoni: Meksika ustidan qozonilgan g‘alaba osiyoliklarga pley-offga chiqishni kafolatlaydi, mag‘lubiyat esa turnirdan tushib ketishga olib keladi. Agar Polsha Argentinani mag‘lub etsa, durang saudiyaliklarni 1/8 finalga olib chiqadi. Polyaklar esa g‘alaba qozona olmasa, to‘plar farqini hisoblash kerak bo‘ladi.

Meksika: Jamoani faqat Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alaba qoniqtiradi. Polsha Argentina ustidan g‘alaba qozongan taqdirdagina meksikaliklar uchun to‘plar farqi muhim bo‘lmaydi, u holda ular ikkinchi o‘rinni egallaydi. Agar polyaklar bu jarayonda argentinaliklarni mag‘lub eta olmasa, Meksika taqdirini to‘plar farqi hal qiladi.

"D" guruhi

Fransiya: Didye Desham jamoasi pley-off bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U guruhda deyarli birinchi o‘rinni egallaydi, lekin, masalan, Tunisga 0:1 hisobida yutqazsa, Avstraliya esa Daniyani 5:0 yoki undan yuqoriroq hisobda mag‘lub etsa, ikkinchi bo‘lishi ham mumkin.

Avstraliya: Futbolchilar Daniyani mag‘lub etishsa, 1/8 finalga yo‘l oladi va mag‘lub bo‘lsa musobaqadan chiqib ketadi. Agar durang qayd etilsa, Tunis Fransiya ustidan g‘alaba qozongan taqdirdagina Avstraliya kurashni to‘xtatadi.

Daniya: Skandinaviyaliklar Avstraliyani, Tunis esa Fransiyani yirikroq hisobda mag‘lub etmasa, pley-offga yo‘llanma oladi. Daniyaliklar uchun durang yoki mag‘lubiyat ularning turnirdan chetlatilganini anglatadi.

Tunis: Shimoliy Afrika jamoasi uchun eng qiyin vaziyat. Tunis nafaqat Fransiyani mag‘lub etishi kerak,, balki Avstraliya Daniyaga qarshi g‘alaba qozonmasligiga umid qilishi kerak, shunda gollar farqini hisoblash mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.

30 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati o‘yinlari taqvimi

Uchrashuvlarning barchasi Toshkent vaqti bo‘yicha ko‘rsatilgan.

20:00. Tunis - Fransiya.

20:00. Avstraliya - Daniya.

00:00. Polsha - Argentina.

00:00. Saudiya Arabistoni - Meksika.

Kiritildi: 10:16, 30.11.2022.
O'qildi: 7661 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.