Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

APL. Angliya chempionatining eng omadli futbolchilarini baholaymiz

APL. Angliya chempionatining eng omadli futbolchilarini baholaymiz

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida Tyerri Anri, Erik Kantona va Muhammad Saloh kabi fantastik futbolchilar harakat qilganidan xabaringiz bor. Lekin ularning hech biri ochkolar borasida maqtana olmaydi. Quyida APLning 1992 yildan beri har bir o‘yinda o‘rtacha ochko borasida eng yaxshi natija egalarini baholab chiqamiz.


10. Ilkay Gyundogan - 2,37 ochko

Gyundogan Gvardiolaning 2016 yilda amalga oshirgan eng birinchi xaridlaridan edi. U hozirga qadar 169 ta APL bahsida ishtirok etgan va bir o‘yinda o‘rtacha 2,37 ochkoga ega chiqqan.

9. Ederson - 2,39 ochko

Ushbu ro‘yxatdagi yagona darvozabon bu "Manchester Siti" vakili Edersondir. Ederson 2017 yilda "Benfika"dan 35 million funtga sotib olingandi. U hozirga qadar 4 marta ingliz tojini qo‘lga kiritdi.

8. Ruben Diash - 2,40 ochko

APLdagi eng yaxshi himoyachilardan biri Diash, o‘z jamoasida Kompanining o‘rnini to‘ldirdi. Bu bekorga emas. Chunki u maydonga tushgan bahslarda Diash jamoasi maksimum ochko oladi.

7. Leroy Sane - 2,41 ochko

Sane Angliyada unutilgan yulduzga aylandi. Ammo u bir paytlar "Manchester Siti" qanotini yondirardi. U 77 ta APL bahsida 18 ta gol urgan va ketma-ket APL chempioniga aylangan.

6. Gabriel Jezus - 2,42 ochko

Jezus 2016 yilda "Manchester Siti"ga 27 million funt evaziga olib kelingandi. Braziliya terma jamoasi a’zosi Gvardiola jamoasi bilan bir mavsumda 100 ochko jamg‘arishga erishgan. U 100 ta APL bahsida atigi 12 marta mag‘lub bo‘lgan xolos.

5. Fil Foden - 2,45 ochko

Foden hozir Angliya bilan Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U Gvardiolaning ishongan futbolchilaridan biri sanaladi. Yosh bo‘lishiga qaramay, Foden 3 marta Angliya chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.

4. Nabi Keyta - 2,49 ochko

"Liverpul" Keytaga 2018 yili 48 million funt sarflagan edi. Hozirga qadar afrikalik futbolchi APLda 70 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi. Uning ishtirokidagi bahslarda jamoasi o‘rtacha 2,49 ochko ishlagan.

3. Oleksandr Zinchenko - 2,49 ochko

"Manchester Siti"dagi faoliyati tugagach, ukrainalik futbolchi "Arsenal"ga keldi. Uning maydonda bo‘lishi ko‘p hollarda g‘alabani kafolatlagan. Londonda ham shunday bo‘lmoqda.

2. Emerik Lyaport ‐ 2,53 ochko

2018 yilda 57 million funt evaziga Lyaport sotib olinadi. U Gvardiolaga mustahkam himoya qurib berdi. Uning o‘rtacha natijasi 5,53 ga teng. Bu esa ayni damdagi APL futbolchilari ichida eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

1. Aryen Robben - 2,58 ochko

Ha, niderlandiyalikning eng yaxshi davri, balki "Bavariya" bilan kechgandir. Ammo Robben "Chelsi" safida ham fantastik harakat qilgan. Uning 2004-2007 yillar oralig‘idagi faoliyati juda ham mahsuldor edi. Shu sabab, u tushgan o‘yinlarning deyarli barchasi "Chelsi" foydasiga hal bo‘lardi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 20:28, 30.11.2022.
O'qildi: 2163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.