Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Oliyhimmat Ryudiger...

Oliyhimmat Ryudiger...

Baho:
+ | -

«Real» klubi va Germaniya milliy jamoa­si himoyachisi Antonio Ryudiger jahon chempionatidagi ishtirok uchun olgan mukofot pulini to‘liq xayriya ishiga yo‘naltirdi

To‘g‘rirog‘i, u Syerra-Leoneda maymoqlik nuqsoni bilan tug‘ilgan 11 nafar bolaning narxi baland operasiyasi xarajatini o‘z zimmasiga oldi. Qoyil, Antonio, himmatingga balli!

Tug‘ma maymoq bolalarning jarrohlik amaliyoti ancha murakkab va qimmat ham. Ayniqsa, Syerra-Leone kabi mamlakatlarda bu kabi operasiyalarni ko‘tarolmaydigan oilalar ko‘p. Ryudiger shuni inobatga olgan holda, ajdodlari yurtidagi 11 nafar bolakay operasiyasini to‘liq moliyalashtirdi. Aytish kerak, maymoqlik nuqsoniga vaqtida e’tibor qaratilmasa, bola butun umri bo‘yi qo‘ltiqtayoqdan foydalanishga majbur bo‘ladi. Boz ustiga, Syerra-Leoneda tug‘ma maymoqlarga munosabat uncha yaxshi emas. Deylik, ular ko‘chada kalaka ostida qolishadi ko‘pincha. Eng yomoni, ulg‘ayishgach ham, ish topish masalasida qiynalishadi.

Antonio Ryudiger ushbu xayriyaga qalban ezilayotgani tufayli qo‘l urganini yashirmadi: «Syerra-Leoneda yosh bolalar qanday sharoitlarda o‘sib-ulg‘ayotganlarini ko‘rib, rosa qiynalyapman. Maymoq nuqsonini yo‘qotishga qaratilgan jarrohlik amaliyotida oyoq deformasiyasi shu darajada tuzatiladiki, bemor bola bir necha oylik muolajadan ke­yin nihoyat, bemalol qadam bosishi mumkin. Bemor bolalarni shu asnoda faol ijtimoiy hayotga qaytarish imkoni bor. Germaniyada menga katta imkoniyatlar berildiki, bularni Syerra-leonelik ko‘plab odamlar hattoki, orzu ham qilolmaydilar. Albatta, taqdirimdan minnatdorman va imtiyozli hayotimni talab darajasida qadrlayman. Kimlargadir yordam berish qo‘limizdan kelar ekan, nega jim turishimiz kerak? Axir muhtojlar boshini silash sharaf-ku. Umuman, bu oxirgisi emas. Kelajakda oilam bilan Syerra-Leoneda yana ko‘plab loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirib qo‘yganman».

Antonio Ryudiger 11ta operasiya uchun ketadigan jami summani aytishdan esa bosh tortdi. Bu ham xayrli ish namunasi va kamtarlikdir.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:31, 01.12.2022.
O'qildi: 4338 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.