Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Morata JCH-2022'ni sermahsul o‘tkazmoqda

Morata JCH-2022'ni sermahsul o‘tkazmoqda

Baho:
+ | -

Hujumchi Alvaro Morata Ispaniya terma jamoasi safida qatorasiga uchinchi uchrashuvda gol urdi.

"Atletiko" vakili bo‘lgan futbolchi JCH-2022 Yaponiyaga qarshi o‘yinda (1:2) asosiy tarkibda maydonga tushdi va 11-daqiqada Sesar Aspilikuetaning uzatmasidan foydalanib, hisobni ochdi.

Morata ispanlarning Qatardagi turnirda o‘tkazgan uchta o‘yinining har birida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bungacha u Kosta-Rika (7:0) va Germaniya (1:1) darvozalariga har ikki holatda ham zaxiradan maydonga tushib, gol kiritgandi.

Morata Ispaniya terma jamoasining JCH-2022dagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.

Kiritildi: 03:11, 02.12.2022.
O'qildi: 1403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик