Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Argentinaning pley-off bosqichi oldidan 5 ta ijobiy va salbiy tomonlari

Argentinaning pley-off bosqichi oldidan 5 ta ijobiy va salbiy tomonlari

Baho:
+ | -

Leo Messi armiyasi chempionlik uchun kurashmoqda. Afsona ortida nafaqat 25 nafar futbolchidan iborat jamoa turibdi. Balki undan ham ko‘p bo‘lishi tabiiy. Ammo ushbu jamoada kamchiliklar ham yetarli darajada. Keling, Argentinaning bu safargi jahon chempionatida kuzatilayotgan ustunliklari va kamchiliklarini ko‘rib chiqmiz. 

Lionel Messi +

Sardor. Yetakchi. Millatning umidi. Messi o‘zining so‘nggi jahon chempionatini o‘tkazadi. Va bu tarix. Leo mundialning zarvaraqlariga ham kirish uchun intiladi. 

Messiga qaramlik - 

Messi effektining teskari tomoni ham bor. Argentina o‘yini, albatta, Messiga qurilgan. Agar uning o‘yini chiqmasa, bu muammo. Garchi Polsha bilan o‘yinda Argentinaning gollarida Messi ishtirok etmagan bo‘lsa-da. 

Butun kompozisiya Leo uchun + 

Argentina ruhiy jihatdan nihoyatda kuchli jamoaga ega. Aftidan, butun jamoa Messiga jahon chempionatini yutib berish istagida birlashgandek. Meksika va Polsha bilan o‘yinlarda aynan shu holat ko‘zimizga "yalt" etib ko‘rindi. 

Fizik kuchdagi muammolar -

Agar Argentina kuchli bosim ostida qolsa o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘yasa kerak. Hozircha Argentina unaqa bosimga duch kelgani yo‘q. 

Lionel Skaloni balansi + 

Mag‘lubiyatsiz 36 o‘yin - Argentina saudiyaliklarga mag‘lub bo‘lishiga qadar shunday natija ko‘rsatayotgan edi. Bunday kuchli seriya malakali Skaloni tizimining natijasidir. Murabbiy yulduzlar va oddiyroq futbolchilarni chambarchast "bog‘lab tashlagan".

Hujumdagi xilma-xillikning kamligi - 

Gap Messi haqida emas, boshqa muammolar ham bor. Hozircha, Leoning chap tomonida yosh Alvares, o‘ng tomonida qariya Di Mariya asosiy tarkib futbolchisidek ko‘rinmoqda. Ammo zahira o‘rindig‘ida ham deyarli bir hil uslubdagi futbolchilar bor. Korreya, Dibala va Papu Gomes ulardan birortasi Messi bilan bir vaqtning o‘zida maydonda paydo bo‘lishi qiyin. Agar shunday bo‘lib qolsa, jamoa himoyalanishida muammolar ko‘zga tashlanadi. Lautaro esa Alvares bilan almashtiruv varianti. Ammo ular ham bir-xil uslubdagi futbolchilar. Ular bir birini almashtirishi hujumdagi rangbaranglikka ta’sir o‘tkazmaydi. 

Vunderkindlar +

Qatarda 23 yoshli Mak Allister, 22 yoshli Alvares va 21 yoshli Fernandes allaqachon gol urib ulgurishdi. 24 yoshli Molina o‘ng qanotda, 24 yoshli Lisandro Martines himoya markazida maydonga tushishga tayyor.

mudofaa markazi - 

Nikolas Otamendi allaqachon 34 yoshda, lekin u ishonchni oqlamoqda. Martines - Romero juftligi, ayniqsa, hujum yaratish uchun  yanada foydaliroq ko‘rinadi. Ammo Skaloni faxriyni zaxiraga olishga jur’at etadimi?

Lautaro Martinesning holati +

Bu mundialda kutilganidan ko‘ra yomonroq o‘ynayotgan yulduzlar qatorida Lautaro ham bor. Uning holati Argentina uchun muhim. Chunki u mundial oldidan "yovvoyi hujumchi"dek taasurot qoldirgan edi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:19, 03.12.2022.
O'qildi: 2542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.