Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"MYU" De Xea o‘rniga nomzod topdi

"MYU" De Xea o‘rniga nomzod topdi

Baho:
+ | -

Shveysariya va Menxengladbaxning «Borussiya» klubi darvozaboni Yan Zommer «Manchester Yunayted»ga o‘tadi va jamoaning asosiy darvozaboni bo‘ladi, deb xabar beradi Bild.

Nashrning yozishicha, kelishuv qishki transfer oynasida amalga oshadi, futbolchining o‘zi allaqachon transferga rozi bo‘lgan. Zommerning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Jamoa rahbarlari uni qishda qo‘yib yuborishga tayyor.

“Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xeaning ham shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, ammo klub darvozabon bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.

33 yoshli shveysariyalik darvozabon 2014 yildan beri Menxengladbaxning «Borussiya»sida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda Zommer nemis klubi safida 11 ta o‘yinda 14 ta gol o‘tkazib yuborgan. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining narxi 5 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 15:56, 05.12.2022.
O'qildi: 2976 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик