Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

Yangi lisenziyalash mavsumi yanvar oyidan start oladi

Yangi lisenziyalash mavsumi yanvar oyidan start oladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

OFK nazorati ostida har yili professional futbol klublarini lisenziyalash jarayoni o‘tkaziladi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad – futbol klublarining professional maqomga mos ish yuritishini ta’minlash, klublar infratuzilmasini yaxshilab borish sanaladi.

O‘zPFL bu borada OFK bilan keng muloqotga kirishayotgani, lisenziyalash jarayoniga jiddiy ahamiyat berayotgani ma’lum. O‘zbekiston yuqori divizion bilan birgalikda ikkinchi darajali musobaqa klublarini ham lisenziyalashdan o‘tkazadigan qit’aning kam sonli mamlakatlardan biri sanaladi. Harakatlar samara berayotganini e’tirof etish darkor.

2023-yildan OFK klublar musobaqalarini kuz-bahor davrida o‘tkazadi. Shundan kelib chiqib, lisenziyalash jarayoni muddatlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Ilgari oktyabrda yakuniy natijalar e’lon qilingan bo‘lsa, endilikda OFK lisenziyasini qo‘lga kiritgan klublar nomi may oyida ma’lum bo‘ladi.

O‘z-o‘zidan 2023-yilning yanvar oyidan lisenziyalash jarayonlari start oladi. Unda Superliga hamda Pro liga ishtirokchi jamoalari qatnashadi. Klublar yanvar va fevral oylarida sport, infratuzilma, personal (ishchi-xodimlar va murabbiylar) hamda huquqiy mezonlar bo‘yicha hujjatlar to‘plamini AFC CLAS onlayn platformasiga yuklaydi. Mart va aprel oylarida esa moliyaviy mezon bo‘yicha hujjatlar taqdim etiladi. May oyi so‘nggida lisenziyalash natijalari ma’lum bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ushbu lisenziyalash 2023-yilning avgust oyida start oladigan Chempionlar ligasi yangi mavsumida ishtirok etuvchi klublar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki qit’a futbol uyushmasi aynan lisenziyalash natijalariga ko‘ra OFK lisenziyasini qo‘lga kiritgan klublargagina musobaqada qatnashishga ruxsat beradi. Shundan kelib chiqib, AGMK, “Paxtakor”, “Nasaf” va “Navbahor” Chempionlar ligasida to‘p surishi uchun lisenziya qo‘lga kiritilishi shart.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 21:15, 05.12.2022.
O'qildi: 1627 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.