Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Ronaldu bugun Jahon chempionatini tark etadimi?

Ronaldu bugun Jahon chempionatini tark etadimi?

Baho:
+ | -

6 dekabr kuni jahon chempionatining 1/8 final bosqichining so‘nggi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Marokash terma jamoasi Ispaniya termasi bilan, Portugaliya esa Shveysariya bilan kuch sinashadi. Five Thirty Eight superkompyuteri g‘oliblarni bashorat qildi. Kompyuter jamoalarning hujum va mudofaadagi kuchini aks ettiruvchi Soccer Power Index deb ataladigan ko‘rsatkichga asoslanadi.

Marokash - Ispaniya

Marokashliklar guruhda birinchi o‘rindan, xususan, Xorvatiya va Belgiya jamoalarini, ispanlar esa Yaponiya termasidan qolib ketgan holda ikkinchi o‘rindan, pley-offga yo‘l olishdi. Shunga qaramay, juftlikda yaqqol favorit bor va bu Marokash emas. Superkompyuter malumotlariga ko‘ra, Ispaniya chorak finalga chiqish uchun 73% imkoniyatga ega, Shimoliy Afrika jamoasida esa atigi 27% muvaffaqiyatga erishga ishonish mumkin. Marokash terma jamoasi Kanadani 2:1 hisobida mag‘lub etgan, Xorvatiya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan va sensasion tarzda Belgiyani mag‘lub etdi (2:0). Ispanlar chempionatni Kosta-Rikani (7:0) mag‘lub etish bilan boshlashdi, shundan so‘ng Germaniya bilan 1:1, Yaponiya bilan 1:2 hisobida mag‘lubiyat.

Portugaliya - Shveysariya

Bu juftlikda esa superkompyuter guruhda g‘olib chiqqan jamoaga ustunlik berdi. Portugaliya termasining jahon chempionatining chorak finaliga chiqish ehtimoli 62 foizni tashkil etadi - mos ravishda Shveysariya termasining imkoniyati 38 foizga baholanmoqda. Krishtianu Ronaldu va jamoasi avvaliga Ganani 3:2, keyin esa Urugvayni 2:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan avval pley-offga yo‘l oldi. So‘nggi turda Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragani ularning birinchi qatorda qolishlariga to‘sqinlik qilmadi. Shveysariyaliklar ham o‘z guruhida olti ochko to‘plashdi, biroq to‘plar farqiga ko‘ra, birinchi o‘rinni Braziliyaga boy berdi. Ular avvaliga Kamerunni mag‘lub etdi (1:0), keyin braziliyaliklarga imkoniyatni boy berdi (0:1), shundan so‘ng dramatik kechgan bahsda serblardan (3:2) kuchliroq bo‘lib chiqdi.

Oldingi bashoratlar amalga oshdimi?

5 dekabr kuni 1/8 finalning quyidagi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi: Yaponiya - Xorvatiya va Braziliya - Janubiy Koreya. Birinchi juftlikda superkompyuter jamoalarning imkoniyatlarini mos ravishda 46% va 54%, ikkinchisida esa 83% va 17% deb baholadi. Xorvatiyaliklar yaponiyaliklarni 1:1 (3:1 pen.), braziliyaliklar esa Osiyoning boshqa jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etishdi. Shunday qilib, superkompyuterning ikkala bashorati ham amalga oshdi.

Jahon chempionati 1/8 finali o‘yinlari taqvimi 6 dekabr

20:00. Marokash - Ispaniya

00:00. Portugaliya - Shveysariya.

Kiritildi: 11:54, 06.12.2022.
O'qildi: 13108 marta.
Fikrlar: 63 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.