Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Marokash - "dunyo jamoasi". Qo‘riqchi Haqimiy, oshpaz Saiss va jinoyatchi Ziyesh

Marokash - "dunyo jamoasi". Qo‘riqchi Haqimiy, oshpaz Saiss va jinoyatchi Ziyesh

Baho:
+ | -

 Marokashlik futbol muxlislari borki, ular muvaffaqiyatni yarim asrdan beri kutganlar. 50 yil! O‘zingizni ularning o‘rnida tasavvur qiling. Biz Marokash terma jamoasini xurmat qilamiz – ular o‘yindan so‘ng «Ayaks» tarbiyalanuvchisi, besh yil avval ro‘y bergan halokatdan keyin to‘shakka mixlanib qolgan Nuriy Abdulxakni g‘alabadan so‘ng esladilar. Nuriy Marokash terma jamoasida debyut qilishga ulgurmagandi. Mayli Nuriyni chetga surib turamiz. Marokash qahramonlarining tug‘ilgan yurti boshqa bo‘lgan. Ular "kindik qoni to‘kilmagan" yurtning farzandi va qahramoniga aylanib ulgurishdi. 

Monreal, Kanada - Yassin Bunu

Yashash uchun hashamatli shahar. Qimmat, ammo u yerda tub axoli kambag‘al emas. Xuddi Bununing ota-onasi kabi. Darvozabonning otasi sobiq professor va muhandis. Bunu Monrealda tug‘ilgan, ammo oila tezda Kasablankaga qaytib keldi. U yerda Bunu futbol o‘ynagan va u professional futbolchi bo‘lishga qaror qilganida, ota-onasining jahli chiqqan. DArvozabon fikridan qaytmadi, "Atletiko"gada ko‘riniish berdi va u yerda Kurtua bilan do‘stlashdi. "Jirona" va Sevilya" klublarida esa o‘zini ko‘rsatdi. 2022 yilgi Jahon chempionati uchun saralashda u jarohat olgan edi. Bunu oshqozonidagi muammolar tufayli Qatardagi startni o‘tkazib yubordi. Birinchi o‘yinda madhiya ijro etilgandan keyin ham uning ahvoli yomonlashdi. Ammo terma jamoa Yassinga ishondi va Bunu Ispaniyaga qarshi o‘yinda uchta penaltini bartaraf etdi. Ispaniya Shveysariyaning 2006 yilgi jahon chempionatidagi omadsizligini takrorladi - gollarsiz penaltilar seriyasi.

Dronten, Niderlandiya – Hakim Ziyesh

Ziyeshning fe’l-atvori yomon. Hakim terma jamoani tark etgan paytlari ham bo‘lgan, Tuxelning ko‘rsatmalariga amal qilmagan. Shu bilan birga, uning iste’dodiga hech kim shubha qilmagan. Drontenlik Ziyeshning onasi marokashlik va otasi niderlandiyalik edi. Hakimning sakkizta aka va opalari bor, u oilada eng kichigi. Ziyesh o‘n yoshida otasi vafot etdi va uning onasi -  "futbol jamoasi"ni bir o‘zi tarbiyalagan. Hakim yoshlikdan harakteri og‘ir yigit bo‘lgan.  U yoshligida maktabni tashlagan, o‘g‘irlik, spirtli ichimliklar va giyohvandlik dunyosiga kirgan. Ammo uni asli marokashlik bolalar murabbiyi hayotga olib keldi. 

Parij, Fransiya - Sofyan Bufal

Yigirma to‘qqiz yoshli yarim himoyachi Qatarda o‘zining texnikasini ko‘z-ko‘z qilmoqda. Bufal "Sautgempton" va "Selta"da o‘ynagan, ammo o‘zining tug‘ilgan yurti "Anje"ga qaytgan. Jahon chempionati qahramonlarining hammasi ham o‘z formasini saqlab qololmasligi aniq. Ammo Sofyan Parijga bo‘lgan muhabbatni saqlab qolishga hojat yo‘q, chunki u Fransiya poytaxtida tug‘ilgan va o‘z vatanini sevadi. Ota-bobolarining vatani Marokash madaniyati kabi. “Uch ranglilar”da o‘ynash imkoniyati bo‘lmagani uchun Afrika termasini tanlagan. Va bundan afsuslangandi, chunki Renard uni JCH-2018ga olib ketmagan. 

Huizen, Niderlandiya — Sofyan Amrabat

Agar Sabiriy yoshligida ota-onasi bilan Yevropaga ko‘chib o‘tgani uchun Germaniya pasportini olgan bo‘lsa, Marokash terma jamoasining 26 yoshli yarim himoyachisi Amrabat Niderlandiya yoshlar terma jamoasida xalqaro miqyosda maydonga tushgan. Katta akasi Nordin singari Sofyan ham klub miqyosida har doim ham g‘alaba qozonmagan, biroq uning faoliyati muvaffaqiyatliroq. "Bryugge"dan keyin u Italiyada keldi va hozir "Fiorentina"da o‘ynamoqda. Amrabat otasining xohishi tufayli Marokash termasini tanlagan. 

Bur-de-Paj, Fransiya - Roman Saiss

Immigrantlar ko‘pincha farzandlarining chet davlatga moslashishini osonlashtirishga harakat qilishadi. Roman 10 000 aholisi bo‘lgan Bur-de-Paj shahrida tug‘ilgan. Katta ehtimol bilan, Saiss otasining oshxonasida ishlashi kutilayotgan edi, chunki yigirma yoshdan keyin u havaskor futbolchi bo‘lib faoliyatini boshlagan, shuningdek oshxonada idishlarni yuvardi va ofisiant bo‘lib ishlardi. Ammo u xarakter ko‘rsatdi, Kante va Mahrezning yo‘lini takrorladi - fransuz botqog‘idan Angliyagacha. Hozir "Beshiktosh"da o‘ynab, Marokashni orzu sari yetaklamoqda.

Xetafe, Ispaniya – Ashraf Hakimiy

Hakimiyning ota-onasi ham futbolni yoqtirmasdi. Onasi Ashrafni dzyudo va suzish to‘garaklariga olib bormoqchi bo‘lgan, lekin Ashraf to‘p ortidan yugurdi. Madridning chekkasida joylashgan Xetafe shahrida tug‘ilgan, Ispaniya poytaxtida o‘sgan. Sakkiz yoshida u "Real Madrid" akademiyasiga kirdi. U yerda u kichkina Zidan bilan birga o‘ynadi va Ispaniya terma jamoasini qo‘llab-quvvatladi. Ashrafning otasi ko‘cha sotuvchisi, onasi farrosh bo‘lib ishlagan. Futbolda muvaffaqiyati bo‘lmaganida, Ashraf avtobus haydovchisi yoki qo‘riqchi bo‘lardi. Hakimiy Ispaniya terma jamoasiga taklif qilindi - u yigitlar bilan mashg‘ulot o‘tkazdi, lekin o‘z o‘rnini topa olmadi. "Real Madrid"da Karvaxal uni raqobatda yengdi, ammo Dortmundning "Borussiya"si va "Inter"dagi muvaffaqiyatlar uni "PSJ"ga olib keldi. 

Akademiyalari rivojlangan dunyo Andradedan Mbappegacha, Peledan Kantegacha bo‘lgan Janubiy Amerika va Yevropaliklarning yuzlab jahon chempionati qahramonlari uchun ona Afrika oldidagi futbol qarzlarini to‘laydimi? Bunda she’r bor, hayotning qattiq haqiqati. Marokash terma jamoasi yaqinda Afrika kubogida Beninga yutqazgan edi. Hozir esa mundialda chorak finalga chiqmoqda. Ular "dunyo jamoasi" va "kasblar termasi". Bunday deyishimizga sabab oddiy: futbolchilаr boshqa kasbni tanlashga yaqin edi va ular boshqa davlatda tug‘ilgandi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:56, 07.12.2022.
O'qildi: 3312 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.